«Exo Moskvi» radiostansiyasi efirdan uzib qöyildi. Bu haqda seşanba kuni radiostansiya boş muharriri Aleksey Venediktov ma’lum qildi.
«Exo Moskvi» efirdan uzildi», — deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
Qayd etilişiça, «Exo Moskvi» efirdan uzilişi va saytining bloklanişiga sabab bölgan qarorga sud orqali e’tiroz bildiradi.
«Exo Moskvi» tahririyati Boş prokuraturaning radiostansiya efirdan uzib qöyilişi va saytining bloklanişiga olib kelgan taqdimotiga mutlaqo qöşilmaydi. Tahririyat bu qarorga sudda e’tiroz bildiradi. Unda siyosiy omil bor, bu RF konstitutsiyasi tomonidan töğridan töğri taqiqlangan senzurani joriy etiş, deb bilamiz», deb yozgan Venediktov.
Uning sözlariga köra, taqdimnomada keltirilgan da’volar «heç qanday misollar, heç qanday dalil bilan tasdiqlanmagan, ular asossiz va Rossiya jurnalistlari hamda fuqarolari uçun haqoratli».
Avvalroq Rossiya Boş prokuraturasi «Exo Moskvi» radiostansiyasi va «Dojd» telekanali (Rossiyada xorijiy OAV agenti sifatida tan olingan) axborot resurslariga kirişni çeklaşni talab qilgandi. Radiostansiya keyinroq efirdan uzib qöyildi.
Boş prokuraturaning ta’kidlaşiça, «Exo Moskvi» va «Dojd» tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda ekstremizmga, RF fuqarolariga nisbatan zöravonlikka, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ommaviy ravişda buzişga, şuningdek, RF fuqarolarini amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda ommaviy tadbirlarni ötkaziş va konstitutsiyaviy tuzumni zöravonlik bilan ağdarişga çaqiriqlar bor.














