Google platformasi YouTube Music foydalanuvçilariga ma’lum bir san’atkor asosida öz radiostansiyasini yaratiş va qöşiqlarni ijro etiş tartibini belgilaydigan algoritmni örnatiş imkoniyatini berişni boşladi. The Verge xabariga köra, Radio Builder deb nomlangan funksiya allaqaçon ba’zi tinglovçilarga taqdim etilgan. 

Bu radioga iOS yoki Android ilovasida YouTube Music asosiy sahifasidagi Tune Your Music bölimiga ötiş orqali kiriş, şaxsiy radiostansiyani yaratişda 30 tagaça qöşiqçini belgilaş mumkin. Qulaylik joyi şundaki, ijroçilarning qöşiqlarini birma-bir belgilab çiqiş şartmas. 

YouTube bu xususiyatni ötgan yili sinovdan ötkaza boşlagan edi. Google matbuot kotibi Pol Pennington sözlariga köra, Radio Builder funksiyasi barçaga bepul taqdim etiladi.