“Olmazor Business City” direktori Umid Umarovning sözlariga köra, boğda yangi daraxtlar va gullar ekilib, landşaft dizayn yaratiladi. Piyodalar va velosiped yölaklari hamda suğoriş tizimi yangilanadi. Bolalar maydonlari qurilib, örindiqlar va çiqindi qutilari örnatiladi.

“Turizmni rivojlantiriş uçun boğ hududida mavjud binolar an’anaviy-milliy dizaynda rekonstruksiya qilinadi. Undan taşqari, kiçik-kiçik kiosklar böladi, bu orqali kiçik biznes (servis) yölga qöyiladi.

Karusel va şovqin-suron attraksionlar bölmaydi. Bu yer ekoboğ böladi. Panjaralar olib taşlanadi”, – dedi Umid Umarov.

Direksiya rahbarining sözlariga köra, boğda 1584ta daraxt mavjud. Ular töliq inventarizatsiyadan ötkazilgan. 5 mart kuni yuzga yaqin daraxt ekildi, bu işlar ta’mirlaş vaqtida ham davom ettiriladi.

“Hozirgi kunda boğ “Olmazor Business City” direksiyasi balansida turibdi. Bundan keyin ham direksiya balansida böladi. Uşbu direksiya mana şu boğga mas’ul.

Bitta yirik va uçta kiçik favvoralarning hammasi rekonstruksiya qilinadi. Ariq ham ta’mirlanib, bu ariqdan yiliga 365 kun suv oqib turadi.

Smeta hujjatlari yakuniga yetmoqda. Rekonstruksiya uçun şahar hokimligi va direksiya hisobidan 30 mlrd söm atrofida mablağ ajratiladi”, – dedi direksiya rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz mazkur boğda 64ta daraxt noqonuniy köçirib ötkazilgani haqida xabar bergan edi.