O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

«Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xususan, mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin», deyiladi farmon matnida.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

  • Ro‘ziyeva Nasiba Jumayevna — Uchquduq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati
  • Xolmanova Zulxumor Turdiyevna — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi mudiri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Adilova Matob Djabborovna — Kogon tumanidagi «Banoaz tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati
  • Aitbayeva Ruzibika Amatovna — Beruniy tumanidagi «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Gulamova Dilbara Jurayevna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti laboratoriya mudiri
  • Davletova Nazira Xudayberganovna — Bog‘ot tumanidagi «Madaniyat» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati
  • Isakova Muxayo Srajidinovna Karabayeva — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi
  • Oltinoy Ermuxammedovna — «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining sex operatori, Toshkent viloyati
  • Narzullayeva Adinaxon — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
  • Noriyeva Sharofat Ergashevna — Sharof Rashidov tumanidagi «Gulchi opa tomorqa xizmati» klasteri rahbari, Jizzax viloyati