Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda obroʻ-eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini taşkil qilişni taklif etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bu harakat tom ma’noda “mahallaning vijdoni”ga aylanişi kerak. Çunki ma’rifatli jamiyatni ma’rifatli onalarsiz qurib bölmaydi.
Biz Uçinçi Renessans poydevorini quriş, jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratiş haqida gapirar ekanmiz, bu işlarni oila, onalar ma’naviyati bilan uzviy amalga oşirişimiz zarur.
Heç bir ona farzandining kelgusida baxsiz bölişini istamaydi. Şu ma’noda, men muhtarama onalarimizga murojaat qilmoqçiman. Bugun biz Vatanning şon-şuhratini yuksaltiradigan tarixiy davrga qadam qöydik.
Şuning uçun, sizlar farzandingizning qalbiga uluğ maqsadlarni, ezgu ğoyalarni singdiring, buyuk orzularni joylaşga intiling. Onalarimiz yuksak fazilatli, mard, jasur farzandlarni tarbiyalab bersa, biz ularni zamonaviy maktab va oliygohlarda kamolga yetkazamiz.
Maqsadimiz – har bir oila, xonadon va mahalla mana şu uluğ harakatning markaziga aylansin", dedi prezident.
Avvalroq, Şavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotlagandi.












