Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça 2022 yil 5 mart kuni soat 21:10 larda Jizzax viloyati Zafarobod tumanidan ötgan 4R-125 Lolazor-Zafarobod avtomobil yölining 3-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Paxtakor tumani “Paxtakor” QFY da yaşovçi fuqaro özi işlaydigan korxonaga tegişli bölgan Lacetti maşinasini boşqarib kelayotib, YTH sodir etgan. Oqibatda haydovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Maşinada yölovçi sifatida ketayotgan Paxtakor tumanida yaşovçi fuqaro tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, haydovçi mast holatda bölgan va boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi beton ariqqa borib urilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.











