12 aprel kuni AQŞ bojxona va çegara qöriqlaş xizmati hukumat tomonidan joriy qilingan boj tariflari ta’sir etmaydigan tovarlar röyxatini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Jumladan, smartfonlar, noutbuklar, qattiq disklar, kompyuter protsessorlari, xotira çiplari va yarimötkazgiçlarni işlab çiqariş uçun işlatiladigan maşinalar uçun istisnolar qilingan.
Röyxatga kiritilgan tovarlarga Xitoy uçun 145 foizlik tarif va dunyoning deyarli barça mamlakatlari uçun asosiy 10 foizlik boj qöllanilmaydi.
Oq uy izoh haqidagi Bloomberg söroviga javob bermadi.
Ta’kidlanişiça, Qöşma Ştatlarda işlab çiqarilmaydigan, ammo ommaviy bölgan elektronika tovarlari uçun istisno qilingan. Hukumat qarori iste’molçilarni «narxlarning dahşatli ösişidan» himoya qilişi va Apple, Samsung va Taiwan Semiconductor Manufacturing kabi kompaniyalarga yordam berişi mumkin.
Avvalroq, Donald Tramp AQŞ çet el çiplariga tariflar joriy qilmoqçi ekanligini aytdi, biroq bu hali amalga oşmadi. Trampning tarmoq tariflari hozir 25 foiz qilib belgilangan, biroq yarimötkazgiçlar va tegişli mahsulotlar uçun stavka qanday bölişi noma’lum.












