Tramp ma’muriyatining elektronika, xususan, smartfonlar, ayfonlar va boşqa kompyuter qurilmalarini yuqori tariflardan ozod qiliş haqidagi qarori faqat vaqtinçalik çoradir. Uşbu tovarlar uçun alohida tariflar qöllanadi. Bu haqda AQŞ savdo vaziri Govard Lyutnik 13 aprel, yakşanba kuni ABC News telekanalida bayonot berdi.

«(Elektronika) özaro tariflardan ozod qilingan, biroq u yarimötkazgiçlar böyiça tariflarga kiritilgan, ular ehtimol bir-ikki oydan keyin joriy qilinadi», — deya uning sözlarini keltiradi CNN öz saytida.

Kelgusi oylarda milliy xavfsizlik uçun muhim ahamiyatga ega bölgan ba’zi mahsulotlarga tariflar kiritiladi, dedi Lyutnik va uşbu çoralar böyiça «muzokaralar olib borilmasligi»ni qayd etdi.