Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar va mamlakat markaziy bankining javob çoralari rossiyalik investorlarning yuan bilan savdo qilişga qiziqişini oşirdi, deb xabar berdi «Kommersant’».

Moskva birjasining 9 mart kungi savdo yakunlariga köra, yuan kursi 21,4 rublni taşkil etdi – bu bir kun avvalgi savdolarga nisbatan 7 foizga ortiq.

Asosiy valutalar (dollar va yevro) aylanmasida yuanning uluşi 7,5 foizga ösib, fevraldagidan önlab marta yuqori böldi.

Qayd etilişiça, ilgari birjada bir kunda yuan bilan boğliq bir neçta kelişuv amalga oşirilgan bölsa, 9 mart kuni qariyb 53 mingta kelişuv tuzilgan.

«Otkritiye Investitsii» global tadqiqotlar bölimi rahbari Mixail Şulginning sözlariga köra, rossiyaliklarning dollar va yevro bilan erkin işlaş imkoniyati çeklangani sababli yuanga qiziqiş ösmoqda.

Bundan taşqari, Rossiya banklari yuanda hisobraqamlar oçiş va UnionPay kartalarini beriş imkoniyatini örganmoqda.