Ma’lum qilinişiça, Jarqörğon tumani Yangiobod mahallasida yaşovçi fuqaro huquqni himoya qiliş organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada u Jarqörğon tumani hokim yordamçisi B.X. unga Yangiobod mahallasi hududidan stadion va sport majmuasi quriş uçun “Ye-auksion” orqali tuman hokimligi zaxirasida bölgan 60 sotix yer maydonini tanişlari orqali olib berişda yordam berişi mumkinligini aytib, buning evaziga 5,5 million söm pul talab qilganini bildirgan.

Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Jarqörğon tumani bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Jarqörğon tumani hokimi yordamçisi B.X. ariza muallifidan 5,5 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, B.X.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar tarkibi mavjudligi nazarda tutilib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Bu – Özbekistonda hokim yordamçilari bilan boğliq oçiqlangan birinçi jinoyat böldi. Eslatib ötamiz, Özbekistondagi barça 9 mingdan ortiq mahallalarda hokim yordamçisi lavozimi 2022 yildan joriy etilgandi.