29-oktabr kuni Turkiya Kappadokiyasida oçiq osmon ostidagi Gyoreme muzeyining kiriş qismidagi qoya qulab tuşdi.
CNN Turk telekanali mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berişiça, kuçli yoğingarçilik oqibatida qoyadan toş parçalari ajralib, odamlar turgan hududga tuşgan.
Xarobalar ostidan ikki kişining jasadi topilgan. Bir kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom ettirilmoqda.
Yomğir va kuçli şamol tufayli 29-30 oktabr kunlari Kappadokiyada havo şarlarida uçiş bekor qilingandi.
Tarixiy Kappadokiya viloyatidagi Gyoreme milliy parki – oçiq osmon ostidagi tarixiy-arxeologik muzey hisoblanadi. Bu joy sayyohlar uçun havo şarlarida ekskursiyalar uyuştirilişi bilan maşhur. Kappadokiyada köplab ğor manzilgohlari, jumladan, yer osti şaharlari va qoyalarni öyib yasalgan monastirlar saqlanib qolgan.
















