Maktablarni qurish va ta’mirlashning yangicha mexanizmi joriy etiladi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning yangicha mexanizmini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax, Sirdaryo Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasining buyurtmachilik vakolati va uning hududiy filiallari faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Bunda:
“Injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan markazlashgan manbalar hisobidan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotgan obektlarni tegishincha Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachiligida amalga oshirilishi belgilanadi;
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obektlarida sifat nazorati xizmati” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlanadi.
Xalq ta’limi vazirligi “Injiniring kompaniyasi” DUKning 2022 yil investitsiya dasturi doirasida Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi umumta’lim obektlari bo‘yicha joriy yil 1 mayiga qadar yildan yilga o‘tuvchi loyihalari tegishli hujjatlarini topshirish va qabul qilish dalolatnomalari asosida Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga taqdim etilishini ta’minlaydi.
2022 yilning may oyidan boshlab Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi xalq ta’limi tizimi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari tegishliligi bo‘yicha “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga yuklanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2022 yil 1 maydan boshlab davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, shuningdek, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan umumta’lim maktablari qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Namunaviy maktab” loyihalari asosida (2022 yil 1 maygacha ishlab chiqilgan va ishlab chiqish jarayonida bo‘lgan loyihalar bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

21:00 / 26.01.2023
Ta’limdagi ishlarimiz nega samarasiz bo‘lmoqda? - ekspertlar bilan intervyu

22:53 / 24.01.2023
Toshkent shahridagi yana 12 ta maktabda 25 yanvardan ta’lim jarayoni boshlanadi

18:44 / 15.01.2023
Qashqadaryoda xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdori qamoqqa olindi

07:02 / 13.10.2022