Markaziy bank 15 martdan boşlab kuçga kiruvçi Özbekistonda xorijiy valutalarning almaşinuv kursini belgiladi.

Dollar kursi 34,97 sömga qimmatlab, 11033,03 sömga yetdi, yevro kursi — 53,8 sömga kötarildi va bir yevro 12116,47 sömni taşkil etdi. Rubl kursi ham kötarilgan — 3,02 sömga oşib, 97,81 sömga yetgan.

14 mart kuni tijorat banklarida Amerika valutasi 11050 sömdan sotila boşladi. Xarid kursi 10945 sömdan 10990 sömgaça bölgan.

Bir yildan oşiq vaqt muqaddam — 2021 yilning yanvarida — dollar 10500 sömlik nuqtadan ötgandi. Ötgan hafta oxirida dollarning sömga nisbatan kursi 40,70 sömga qimmatlab, 10 998,06 sömni taşkil qilgandi.

Bankers.uz ma’lumotiga köra, özbek sömi bir haftada AQŞ dollariga nisbatan 1,25 foizga qadrsizlandi - Respublika valuta birjasida sönggi bir hafta davomida AQŞ dollarining sömga nisbatan kursi jami 135,76 sömga kötarildi.

Ötgan hafta boşida — 7 mart kuni Markaziy bank tomonidan 1 AQŞ dollari 10 897,27 söm etib belgilangan edi. Hafta davomida kurs har kuni kötarildi.

Taqqoslaş uçun, 2021 yil davomida özbek sömi dollarga nisbatan 3,4 foizga qadrsizlangandi.