Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirusga qarşi bir qator talablarning amal qilişi töxtatildi.
Xususan, 2022 yilning 16 martidan boşlab, Özbekistonning Tojikiston bilan çegarasida joylaşgan ötkaziş punktlari faoliyati qayta tiklanadi.
Şuningdek, Özbekistonga kirib keluvçilar respublikaga taşrif buyurişidan kamida 48 soat oldin topşirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR-testi natijasi böyiça manfiy natijali ma’lumotga ega bölişi talabi bekor qilinmoqda.
Xorijiy davlatlardan Özbekistonga taşrif buyuruvçilarga tegişli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bölgan taqdirda, ulardan PZR-testi natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topşirişi talabi qöyilmaydi.
Bundan avval Özbekiston va Turkiya emlanganlik sertifikatlarini özaro tan oliş böyiça kelişuvga erişgandi.














