Vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotga köra, keyingi yil magistraturada öqiyotgan barça qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplanadi, ya’ni kelasi yil 2-bosqiç talabasi böladigan xotin-qizlarning ham öqişi tekin böladi.
“7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qöllab-quvvatlaşga doir işlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmonida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqiçida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt tölovlari qaytariş şartisiz qoplab berilişi belgilangan.
Unda 2022/2023 öquv yilidan tölov kontrakt asosida 1-bosqiçga qabul qilinadigan hamda uşbu öquv yilida 2-bosqiçga ötgan magistr xotin-qizlarning kontrakt tölovlari qaytariş şartisiz qoplab berilişi nazarda tutilgan”, deyiladi vazirlik Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotda.
Eslatib ötamiz, xotin-qizlarning magistraturada öqiş xarajatlarini qoplaş uçun davlat tomonidan 23 ming nafar qizga 200 milliard söm ajratilişi belgilangan.









