O‘zbekiston | 17:49 / 16.03.2022
11816
2 daqiqa o‘qiladi

Qudbiyev: Soliq qo‘mitasi markaziy binosi 80 foizga o‘zini elektr energiyasi bilan ta’minlamoqda

16 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev soliq tizimidagi islohotlar, yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbir oldidan DSQ raisi Sherzod Qudbiyev OAV vakillari bilan muloqot qildi.

“Tizimimizda raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar joriy qilish bilan jiddiy shug‘ullanyapmiz. Yodingizda bo‘lsa, oldin tadbirkorlar elektron hisobot topshirishda ko‘p muammolarga duch kelishar, “Soliq.uz yiqildi” degan ibora juda ko‘p ishlatilardi. 2021 yilda beri bu tizimimizda uzilish kuzatilmadi. Sababi, prezidentimizga rahmat, qo‘mitamiz eng quvvatli serverlar bilan ta’minlab berildi.

Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman – binolarimizning ustidagi quyosh panellariga e’tibor bergandirsiz. Qo‘mitamizning markaziy binolari 80 foiz elektr ta’minotini o‘zimiz ta’minlaymiz. Shunday kunlar bo‘ladiki biz o‘zimizdan orttirib, umumiy tarmoqqa elektr energiyasi uzatamiz ham. 9 qavatli yangi bino qurilayotganida uning nafaqat tomini, balki tashqi fasadini ham asosan quyosh panellari bilan qopladik”, dedi u. 

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun.uz muxbirining sohadagi IT–mutaxassislar bo‘yicha savoliga Sherzod Qudbiyev shunday javob berdi:

“Bu bizning eng nozik va murakkab sohamiz. Unda ishlaydigan mutaxassislar to‘liq O‘zbekiston fuqarolari. Ya’ni o‘z yurtimiz farzandlari bemalol bu tizimni ishlata olishyapti”.

Ayni paytda qo‘mitada prezident ishtirokida tadbirlar boshlanmoqda.

Mavzuga oid