DXX Samarqand viloyati boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan 2022 yil 14 mart kuni tezkor tadbir ötkazilgan va unda bir guruh şaxslarning tarkibida oltin bölgan rudalarni noqonuniy tarzda qayta işlaş holatiga çek qöyilgan.

Tadbir davomida, Paxtaçi tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan S.Ğ., 1992 yilda tuğilgan T.A. va 1997 yilda tuğilgan “R.F.ning yaşaş xonadonlarida tarkibida sof oltin moddasi bölgan 3,8 tonna ruda toşlar hamda 3 ta toş tegirmoni, 2 ta oltin rudasini tozalaşga möljallangan yuviş uskunasi borligi aniqlanib, xolislar iştirokida hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Şuningdek, ruda toşlarni qayta işlaşda elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanib, 239 million söm zarar yetkazilgani aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilişi rejalaştirilib, suriştiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda tarkibida oltin bölgan rudani noqonuniy qazib oliş jarayonida qum bosib qolgan 5 kişi halok bölgandi.