O‘zbekiston | 10:34 / 06.01.2022
36254
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda oltin qazib olayotgan fuqarolarni qum bosib qoldi. Qurbonlar bir necha kun tuproq ostida qolib ketishgan

Navoiy viloyatida tarkibida oltin bo‘lgan rudani noqonuniy qazib olish jarayonida buxorolik fuqarolarni qum bosib qoldi. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Foto: Navoiy viloyati FVB

Ma’lum qilinishicha, voqea 2021 yil dekabr oyining oxirida Konimex tumanining Karakata ovulida joylashgan Lolazor nomi bilan ataluvchi cho‘l hududida sodir bo‘lgan. Qurbonlar bir necha kun tuproq ostida qolib ketishgan. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining harakatlari bilan texnikalar yordamida kovlanib, halok bo‘lganlar 4 yanvar kuni olib chiqilgan.

Foto: Navoiy viloyati FVB

Vafot etganlar Shofirkon tumanining Denov mahallasidan ekani, ular orasida aka-uka ham borligi aytilmoqda.  

Foto: Navoiy viloyati FVB

Bu Lolazorda sodir bo‘lgan birinchi holat emas. 2021 yilning 13 noyabr kuni ham ushbu hududda noqonuniy oltin qazib oluvchilarni tuproq bosib qolgan va 4 kishi halok bo‘lgandi. Ularning ham 3 nafari shofirkonlik edi. 

Mavzuga oid