Jahon | 18:20 / 17.03.2022
15735
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Xitoy rahbari bilan muloqot o‘tkazadi

Jyen Psakining so‘zlariga ko‘ra, “davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobatni muvofiqlashtirish hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va boshqa masalalarni muhokama qiladi”.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali suhbatlashadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, muloqot 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

"Bu bizning Qo‘shma Shtatlar va XXR o‘rtasidagi ochiq muloqot liniyalarini ushlab turish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlarimizning bir qismi hisoblanadi”, - deyiladi Psakining bayonotida.

Jyen Psakining so‘zlariga ko‘ra, “davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobatni muvofiqlashtirish hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va boshqa masalalarni muhokama qiladi”.

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan XXR Ukraina masalasida o‘z fikriga egaligi va AQShning bir tomonlama sanksiyalariga qarshi ekanligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid