Texnik-profilaktik tadbirlar ötkazilişi munosabati bilan 19 martdan – 2 aprel kunigaça haydovçilik guvohnomasi almaştiriş xizmati vaqtinça körsatilmaydi. Bu haqda xabar bergan Davlat xizmatlari agentligining ma’lum qilişiça, guvohnomani almaştirişning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023 yilning 31 dekabriga qadar uzaytiriş böyiça çora-tadbirlar belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, dastlabki hisob-kitoblarga köra, har bir guvohnoma almaştiriş punktiga kuniga 55-60 nafardan fuqaro murojaat qilganda – töliq qamrov uçun örtaça 4 yil vaqt sarf qilinişi rejalaştirilgan. Hozirda esa, bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda.

Respublika böyiça eski namunadagi haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan haydovçilar soni – qariyb 5,7 mln. nafarni taşkil etadi. Şunga köra, eski haydovçilik guvohnomalarini majburiy almaştiriş muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020 yildan – 2021 yilning oxiriga qadar, keyinçalik 2021 yildan – 2022 yilning söngiga qadar) uzaytirilgan.

Haydovçilarga qulay şaroit yaratiş maqsadida 2018 yilning may oyidan eksperimental tartibda Davlat xizmatlari markazlarida ham “prava” almaştiriş xizmati yölga qöyildi.

Bunda xizmat uçun nafaqat kelgan holda, balki onlayn şaklda ham murojaat qiliş imkoni yaratildi. Bugungi kunda jami 74 ta punktda xizmat körsatiş imkoniyati yaratilib, tegişli moddiy-texnikaviy baza bilan ta’minlangan (qurilmalarning 49 tasi – YHXBB bölinmalari, 25 tasi Davlat xizmatlari markazlariga örnatilgan).

Amalga oşirilgan işlar natijasida, yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasi amaliyotga kiritilgan paytdan boşlab, bugungi kunga qadar 2,6 mln.dan ortiq haydovçilarning guvohnomalari yangisiga almaştirildi.

Davlat xizmatlari agentligi poytaxtda va viloyatlardagi haydovçilarimizga qulaylik yaratiş maqsadida "sönggi mijozgaça" iş rejimini yölga qöydi. Ma’lumot uçun DXMlarda örtaça bir fuqaroga xizmat körsatiş uçun 4-5 daqiqa vaqt sarflanmoqda. Biroq, ötkazilgan tahlillar 3,1 mln.dan ortiq fuqarolarimiz tomonidan hujjatlarni almaştirilmay kelinganligini körsatdi.

Muammoni bartaraf etiş uçun qanday çoralar körilmoqda?

Birinçidan, haydovçilik guvohnomasini almaştirişning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023 yilning 31 dekabriga qadar uzaytiriş böyiça çora-tadbirlar belgilanmoqda.