Kun.uz'ga Qoraqalpoğistonning Nukus şahridan murojaat kelib tuşdi. Unda aytilişiça, şahardagi 6-sonli oilaviy poliklinika hamşiralari aholi uylarini oqlaşga majbur qilingan.
Holat bugun, 16 mart kuni ertalab yuz bergani aytilmoqda. Kun.uz'ga taqdim qilingan, Qutli-makan mahallasida suratga olingani aytilgan videoda hamşiralar uylarni oqlayotgani aks etgan.
Murojaatçilar bunday topşiriqni poliklinika boş şifokori berganini iddao qildi. Ularga köra, ob-havo sovuq bölib, qor yoğgani tufayli hamşiralar tuşdan keyin uylarni oqlaşga çiqişmagan.
Hamşiralarning qöşimça qilişiça, ular faoliyat olib borayotgan 6-sonli oilaviy poliklinikaga Qutli-makan mahallasidagi 5 ta köça biriktirilgan. Işlar ertaga ham davom etişi, ammo endi hamşiralar har bir xonadonga birma-bir kirib, uy egalariga özlari uyni oqlab çiqişi haqida aytişi topşirilgan.
Kun.uz holatga aniqlik kiritiş uçun Qoraqalpoğiston SSV matbuot xizmati bilan boğlandi. Vazirlik matbuot kotibi hamşiralar devor oqlaşga emas, aholiga uyini oqlaş böyiça tavsiyalar beriş işlariga jalb qilinganini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga köra mehnatga biron-bir şaklda ma’muriy tarzda majburlaş 13 mln 500 ming sömdan 27 mln sömgaça jarima solişga sabab böladi.












