“Soliqçilardan navbatdagi jazolaş mexanizmi” - ekspert DSQning yangi taklifi haqida
|01:50 / 19.03.202242 75514 min
Davlat soliq qömitasi işlab çiqqan qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Unda tovar va xizmatlar narxi bozor qiymatidan past yoki yuqori bölgan taqdirda qöşimça soliq undirilişi közda tutilmoqda. Kun.uz bilan suhbatda soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov qaror loyihasi yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
Murod Muhammadjonov
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlari uçun teng raqobat muhitini yaratiş va insofli soliq tölovçilar huquqlarini himoya qilişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Loyiha yaratuvçisi – Davlat soliq qömitasi.
Heç bir vakolatli organ bozor narxini belgilaşi kerak emas
Hozirgi kundagi soliq qonunçiligidagi töxtovsiz özgarişlar va yangiliklarni tadbirkorlar hazm qila olmasidan uşbu nizomning muhokamaga qöyilişi, fikrimizça, yana nimadir yangilik qiliş maqsadida biroz şoşma-şoşarlik qilingan. Töğri, Soliq kodeksining transfert va bozor narxlari masalalarini tartibga soluvçi moddalari 2022 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilişi közda tutilgan. Lekin soliq ma’murçiligi masalasida amalga oşirilayotgan özgarişlar va bu özgarişlarga nafaqat tadbirkorlar moslaşa olmayotgani, balki soliq organi tomonidan tayyorlangan dasturlar ham omma uçun xatolik bilan işlab kelayotgan bir paytda bozor narxlari böyiça qöşimça soliqlar hisoblaş tartibi amalga kiritilişi ortiqça.
Nizomning nomiga e’tibor bering: Soliq soliş maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom. Aynan “bozor narxlarini” aniqlaş, “belgilangan narxlar” emas. Nizomda esa bozor narxini aniqlaşda tovar (xizmat)lar bozorida talab va taklif asosida şakllanadigan narxdan taşqari, vakolatli organlar va baholaş taşkilotlari tomonidan aniqlanadigan va (yoki) belgilanadigan narx ham bozor bahosi deyilişi közda tutilgan.
Bozor narxi bozor talab va taklifi asosida şakllanadigan narxligi tuşunarli, bu iqtisodiy termin va haqiqatan şunday bölişi kerak. Lekin ikkinçi qismiga e’tibor bering: “vakolatli organlar” tomonidan aniqlanadigan narx, deyilmoqda. Bozor narxini kimdir emas, aynan talab va taklif belgilaydi. Gap bozor narxi haqida ketar ekan, heç qaysi organning vakolati yöqki, uni belgilaşga. Nizomning xatosi şu joyning özida.
Hozir benzinning narxi qayerdadir 6 ming sömga yetmasa, qayerdadir 8 ming söm. Lekin bu qaror çiqqaç, unga asoslanib: “Vakolatli organ mana bu narxda sot, degan edi, sen bu narxda sotmayapsan”, deya qöşimça soliq soliş boşlanmasligiga kafolat bormi? Birinçi xato va soliq tölovçi bilan tuşunmovçilik şu yerda boşlanadi.
Mavzuga oid
Tuşuntiriş uçun misollar
Bundan taşqari, nizom loyihasida bozor narxini aniqlaşda nimalarga e’tibor berilişi haqida ham söz yuritilgan. Tovar va xizmatlarga talab va taklifning özgarişi degan qismi bor. Demak, bu yerda bozor narxida soliq hisoblaş uçun xizmatlar ham bor-da. Xizmatga bozor narxining qöyilişi aqlga siğmaydigan narsa.
Oddiy misol: internet-naşrlarda özining reklama xizmatlari bor. Deylik, hamma joyda reklama çiqariş bir million söm edi. Bozorda 100 ta xaridor bölsa, 100 ta xaridorga 100 ta taklif beruvçi bor. Demak, har bittasiga bittadan töğri keladi. Örtaça bozor narxi – bir million söm. Aytaylik, naşrlardan birida yetarli manbalari bor va u denping siyosatini qöllab, xaridorlariga 100 ming sömdan reklama qilib beraman, deb katta reklama beruvçilar oqimini öziga tortib ketdi. Şunda bozor narxi bir million söm, nimaga sen 100 ming sömdan qilib berding, deb unga qöşimça soliq tölatişi adolatdan böladimi?!
Xizmatning öziga bozor narxi belgilanişi xato. Özi aksariyat xizmatlarning tannarxi vaqt hisoblanadi. Mana yana bir oddiy misol, mening konsalting xizmatini körsatuvçi firmam bor. Aprel oyida soliq auditi böyiça buyurtma olib qöyganman, ungaça 15 kun böşman. Deylik, soliq auditining bozor narxi – 25 million söm. Lekin kimdir kelib menga 10 million sömdan köp tölolmayman desa, aprelgaça böş ötiriş örniga 10 million sömga ham soliq auditini ötkazib beraman. U summadan menga foyda qolmasa ham, zararim qoplanişi va işçilarni maoş bilan ta’minlaşim mumkinligi uçun bu narx meni qoniqtiradi. Lekin Nizomga asosan, bozor narxidan farq 20 foizdan oşadigan bölsa, mening xizmatimga ham qöşimça soliqlar qöllanadi.
Bu bilan soliq organi mening xizmatimga, bozorimga, faoliyatimga aralaşib ketmoqda. Endi 25 million bozor narxidan kelib çiqib soliq tölaşim kerak böladi. Bu esa men va men kabi köplab tadbirkorlarning bankrot bölişiga olib keladi, xolos.
“Jahon tajribasida bor” – yetarli sabab emas
Jahon amaliyotida u bor, bu bor deyişadi-yu, lekin heç qanaqa tahlilsiz yoki 1, 2 foizlik işlarni deb ommaga tatbiq etiladigan qarorlar çiqarilmoqda. Yoki umuman amaliyotda tadbirkorlik muhitini buzib qöyadigan yangi tartiblar öylab topilmoqda.
Bozor narxi böyiça soliq hisoblaş mexanizmining yölga qöyilişida balki niyat yaxşidir, lekin ertaga ötgan yillardagidek birov tölamagan QQSni töğri işlab kelayotganlardan undirib olingani kabi “mana bunça holatda bozordan past narxda sotibsan”, deb yana minglab tadbirkorlar milliardlab qöşimça soliqlarga kömib taşlanmasligiga heç kim kafolat berolmaydi.
Bu masalada qaysi çet el tajribasi örganildi? Ularda bozor narxi böyiça soliq hisoblanişi qanday ekan? Bu qanday oqibatlarga olib keldi? Ijobiy va salbiy tomonlari nimada? Buni qay darajada bizga tatbiq etsa böladi? Bu mexanizmni qöllaşda salbiy oqibatlar yuzaga kelib, iqtisodiyotga, tadbirkorlik muhitiga zarar yetişi oldi olinganmi? Monitoring qilib körildimi? Ommatan tatbiq qilib, özini oqlamasa vaziyatdan çiqiş uçun aybdorini qidirib qolmaymizmi?
Bu savollarga aniq javob yöq. Şunçaki “Çet el tajribasida bunday amaliyot bor, şuning uçun biz ham qöllayapmiz” formatida iş yuritmayapmizmi? Jahon amaliyotida ölim jazosi bor, biz buni qilmayapmiz-ku, jahon amaliyotida bor deb hamma narsani olaverişimiz ham xato.
Arzimas farq: yana soliq organi faraz va taxminlarni işga solmoqçimi?
Nizom loyihasida tovarlarning bozor qiymatini aniqlaşda tovarlardagi arzimas farqlar inobatga olinmasligi mumkin deyilgan. Yana inson omili aralaşmoqda. Yana tadbirkorning taqdiri u yoki bu inspektor kayfiyatiga boğliq bölib qolişi mumkin.
Oddiy bir stol misolida olaylik. Siz ham, men ham mebel işlab çiqarib sotamiz. Siz işlab çiqargan mebelning yonida tortmasi bor, menda esa yöq. Yoki siz işlab çiqargan şirinlikning qadoği qoğozli, menikida esa polietilenli sellofan. Bu arziydigan farqmi yoki arzimaydigan? Yana şaxsiy fikr va farazga asoslaniş közlanmoqda.
Arzimas farq deganda qança farq közda tutilmoqda?! Buning aniq ölçovi bormi?! Tortmali stolni qiliş uçun kattaroq uskuna kerakdir balki? Tortmali stol 1 mln söm, tortmasiz stol 500 ming sömdir? Çunki şu bitta tortmani qiliş uçun ham qöşimça xarajatlar qilinadi, qöşimça texnikalardan foydalaniladi. Şirinlik qadoqlarida ham şu masala. Bular arzirli farqmi yoki arzimas?! Narxida esa farq katta.
Soliq organi yangilik yarataman deb yuguryapti, tadbirkorlar esa unga yeta olmayapti. Soliqqa oid huquqbuzarlik esa deyarli hammada
Nizomda bozor narxini aniqlaşda öşa tovarlarning birja kotirovkasidagi örtaça tortilgan narxi orqali aniqlaş degan tuşunça bor. Oddiy tadbirkorning raqobatli bozorda amallab sotadigan mahsulotiga birja savdolari orqali aniqlangan bozor narxidan kelib çiqib soliq solinadi. Bu iş çaqaloqdan yugurişni talab qilişga teng harakat. Birjada işlaydigan tadbirkor bilan birjada işlamaydigan tadbirkorning darajasi umuman boşqa boşqa.
Qonunni çiqarib yotibmiz, tadbirkorning huquqiy savodxonligi yetadimi-yöqmi, umuman işimiz bölmayapti. Kalkulyatorda hisoblab körib, “ha bölarkan” deb qaror çiqarib bölmaydi. Jahon amaliyotida bor ekan deb yuzlab qonunçilik normalari qabul qilinmoqda-ku, lekin negadir xalq buni hazm qila olyaptimi-yöqmi – heç kimning işi bölmayapti. Mana qonun, bajarmasang, jazolayman. Soliq organi bilan soliq tölovçi örtasidagi har qanday huquqiy munosabat aksariyat tadbirkorni jazolaş bilan yakun topmoqda.
Bir neça yil oldin Yevropa soliq maslahatçilar konfederatsiyasi yiğilişida bölganimizda yiğilişga raislik qiluvçi bizga qarab “98 foiz soliq tekşiruvlarida huquqbuzarlik aniqlangan ekan, sizlar soliq tölovçilar bilan işlamaysizlarmi, nimaga ular soliq qonunçiligidan norozi?” degandi. Xalq qonunlardan norozi bölsa ham sizlar işlamayapsizlar, degan mazmunda savol bergandi u.
Soliq qömitasida ötirgan mutaxassislar yangi tadbirkorning ham soliq böyiça malaka darajasini özining darajasida deb körişmoqda va töxtamasdan yangi çiqayotgan normalarni talab qilib, eplolmasa jazolaşmoqda.
Mutaxasislarning soliq böyiça malakasi bilan tadbirkorlarning darajasini soliştirsak, tadbirkorlarning salkam 90 foizi “4-sinf”dan uyoğiga öta olmayati. 4-sinf bolasiga oliy matematikani yuz martalab takrorlang, befoyda.
Bizda qonun çiqarilib ogohlantirilyapti, lekin huquqbuzarlik kamaymayapti, çunki tadbirkorning malakasi qonunçilikdagi bunçalik özgarişni hazm qilişga ulgurmayapti.
Açinarli tomoni, soliq organi xodimining yoki dasturining xatosi bilan tadbirkorga zarar yetsa, heç kim javob bermayapti. Masalan “qizil”ga tuşmagan, “yaşil”dagi tadbirkorning QQS kaliti bloklab qöyilyapti. Tadbirkor “yaşil”da ekanman, deb işlab kelyapti. Ilgari bizga “qizil”ga tuşgan tadbirkorlar şikoyat qilayotgandi, endi “yaşil”da turib QQS kaliti bloklangan tadbirkorlar murojaat qilyapti. Kalit bloklab qöyilgan davrga undan narsa sotib olgan hamma QQSni hisobga ololmayapti; soliq organiga borsa: “Uzr, dastur xatosi ekan” bilan qutulişmoqda.
QQS kalitini nofaol statusga tuşirib qöyilganda QQSni hisobga olmaslik töğrisidagi normaning özi Soliq kodeksiga oçiqçasiga zid keladi. Bu norma böyiça tadbirkorlarga milliardlab zarar yetyapti, buning uçun heç kim javob berayotgani yöq. Dasturlardagi xatolar esa tadbirkorlik muhitini buzmoqda.
“Soliqlarni töla va xotirjam uxla” aforizmi endi bizning tadbirkorlarga begona
Soliq kodeksida bozor bahosi böyiça nazorat qilinadigan bitimlar degan joyi bor. Unda bozor narxlari böyiça nazorat qilinadigan bitimlar degan alohida band bor, u oddiy kameral yoki soliq auditi bilan tekşirilmaydi, alohida nazorat qilinadigan bitimlar doirasida tekşiruv amalga oşiriladi. Bu yana bir tekşiruv turi hisoblanadi. Bu tekşiruvning muddati 6 oydan bir yilgaça qilib belgilangan.
Hammamiz yomon körgan “5 yil oldin” tadbirkor juda bölmasa qaçon tekşirilişini bilardi. Hozir soliq organi xohlagan payt xohlaganini tekşira oladi, endi soliqlarni tölab ham xotirjam uxlab bölmaydi. “Soliqlarni töla va xotirjam uxla” aforizmi endi bizning tadbirkorlarga begona. Çunki istalgan payt bozor bahosi böyiça qöşimça soliq çiqib kelişi mumkin. Bu bilan soliq organi tadbirkorni faqatgina nazorat qilmayapti, balki faoliyatiga aralaşib ketyapti. Soliq ma’murçiligidagi köplab yangiliklar umuman biznes muhitini tuşunmagan holda yölga qöyilmoqda.
Tadbirkordan ideal işlaş talab qilinmoqda, lekin ideal işlaş uçun ideal soğlom muhit bormi?
Soliq qömitasi xalqdan ideal işlaşini talab qilmoqda, lekin ideal işlaş uçun soğlom muhit yaratib berilganmi? Ayrim korxonalarga berilgan alohida imtiyozlar borligini hamma bilsa-da, heç kim lom-mim deya olmaydi.
Keling, oddiy maişiy texnikani olamiz. Şunaqa holatlar borki, bitta oddiy korxona çetdan televizor import qilib sotadigan bölsa, uning bojxonadan olib kirişdagi bazaviy qiymati – 300 dollar, haqiqiy qiymati ham 300 dollar. Nima uçun korxonalar 300 dollarlik narsani şartnomada 100 dollar qilib olib kiradi? Agar mahsulot tannarxini 300 dollar qilib olib kirsa, boj va QQS bilan jami 114 dollar qöşimça xarajat qiladi. Bunda tovarning eng kam sotiş narxi 414 dollarga aylanadi.
Xuddi şu tovarni 100 dollar qilib olib kirganda boj va QQS bilan yana 38 dollar xarajat qiladi va 300 dollarlik tovarning eng kam sotiş narxi 338 dollarga aylanadi.
Alohida imtiyozli korxonalar xuddi şu narsani 30 yoki 40 dollarga olib kiradi. Boj va QQS bilan jami xarajat 12 dollar atrofida böladi. Har qanday holatda alohida imtiyoz berilgan kargo kompaniyalari orqali mahsulot olib kirgan tadbirkor, qonuniy yöl bilan tovar olib kirgandan köra köproq foyda bilan çiqadi, tabiiyki raqobat bölmagan joyda birinçi holatdagi tadbirkorning bozori öladi. Bu esa tadbirkorlarning mahsulotlarini asl narxidan past narxda olib kirişga va sotilganida ham haqiqiy narxidan pasaytirib körsatişiga majbur qiladi.
E’lon qilingan qaror loyihasiga köra, soliq organi bozor narxi böyiça tovar va xizmatlarni baholab hammaga QQS va foyda soliğini hisoblab beraman, demoqda. Bozorda teng imkoniyat yaratilmasdan bozor narxini talab qiliş örinsiz.
Hamma ideal işlaşi uçun alohida imtiyozlar berilmasligi, alohida preferensiyalar, ustunliklar taqdim etilmasligi kerak böladi.
Vaholanki, soliq qonunçiligida alohida imtiyozlar berilmasin, deyilgan. Alohida imtiyozlar bor ekan, boşqalardan bozorda tenglikni talab qiliş notöğri.
Soliq organini doimiy tanqid qilişdan yiroqmiz. Hozir amaliyotda bölayotgan holatlarga munosabatimiz özimizning tandiqidimiz emas, balki soliq tölovçilardan bizga tuşayotgan şikoyatlaridan, tadbirkorlarning dardlaridan kelib çiqmoqda.