Bungaça “Otaboyev işi” jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudida sudya Baxtiyor Tavakkalov tomonidan körib çiqilayotgan edi. Nafaqaga çiqişiga atigi 6 oy muddat qolgan sudya şu yilning fevral oyida kutilmaganda lavozimidan çetlaştirilgan edi. Uning vakolati muddatidan avval tugatilişiga şu sudning sobiq sudya yordamçisi 700 AQŞ dollarini pora tariqasida olayotganda qölga olingani sabab bölgani aytilgandi.

Sobiq sudya yordamçisining pora bilan qölga tuşişi voqeasi ortidan sobiq profilaktika inspektorining işini körib çiqiş bir neça marta qoldirilgan edi.

Ma’lum bölişiça, uşbu işni körib çiqiş jinoyat işlari böyiça Kosonsoy tumaniga ötkazilgan. Iş yangi sudya raisligida boşidan körib çiqilmoqda. Sudlanuvçi jarayon ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar tomonidan töliq videotasvirga olib borilişini sörab, sud raisiga iltimosnoma kiritgan. Sudya jarayonni videotasvirga olişga ruxsat bergan, faqat sudga ta’sir ötkazilişining oldini oliş maqsadida hukm e’lon qilinmagunça uşbu videotasvirlarni tarqatişni taqiqlagan.

Eslatib ötamiz, Namangan şahar prokuraturasi sobiq inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 7ta moddasi böyiça ayblov e’lon qilgan. Prokuratura tomonidan sudga taqdim etilgan ayblov xulosasida Sardorbek Otaboyev Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 230-1-moddasi 1-qismi (Aybsiz kişini javobgarlikka tortiş), 168-moddasi 3-qismi “b, v” bandlari (Öta xavfli retsidivist tomonidan; uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan firibgarlik), 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mansab soxtakorligi), 238-moddasi 2-qismi (Yolğon guvohlik beriş), 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) hamda 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi)da közda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Jinoyat işi hujjatlari 5 jildga jamlangan.