Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği Şavkat Bayxurazov «Xavfsiz va ravon yöl» tamoyili asosida yöllarda inson xavfsizligini ta’minlaş yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengaşida hisobot berdi.

Qayd qilinişiça, 2021 yilda viloyat hududida 342 ta yöl-transport hodisasi sodir etilgan bölib, ularda 82 nafar inson vafot etgan, 263 nafari turli darajada tan jarohati olgan.

Yöl-transport hodisalarining 54,4 foizi (186 tasi) tezlikni oşiriş, 12,3 foizi (42 tasi) quvib ötiş qoidalarini buziş, 5,3 foizi (18 tasi) yöl belgilariga amal qilmaslik hamda 28 foizi (96 tasi) boşqa sabablarga köra yuzaga kelgan. 

Uşbu yöl-transport hodisalarining 33 tasi (9,6 foizi) kunning qoronği vaqtida, yoritiş moslamalari bölmagan joylarda sodir etilgan.

2021 yil mobaynida yöllarda 212 724 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 33,9 foizi (72 005 tasi) qöpol qoidabuzarlikni, 1,4 foizi (2 934 tasi) mast holatda transport vositalarini boşqariş holatlarini, 4,0 foizi (8 591 tasi) piyodalar qoidabuzarliklarini va 0,3 foizi (726 tasi) velosipedni mast holda boşqariş hamda 60,4 foizi (128 468 tasi) boşqa holatlarni taşkil etadi.

Viloyat hududida «Xavfsiz va ravon yöl» tamoyili asosida, yöl infratuzilmasini yaxşilaş, yöl harakati qoidabuzarliklarining oldini oliş va inson xavfsizligini ta’minlaş borasida tegişli işlar amalga oşirilgan. Jumladan, 1478 dona yangi yöl belgilari örnatilgan, 35 ta joyga yangi svetofor örnatilgan, 359 ta piyodalar ötiş joyi qayta tiklangan, 235 tasi yangidan taşkil etilgan, 120 kilometrdan ortiq köça va yöllarga 2 400 dan ortiq yoritiş çiroqlari örnatilgan. Şuningdek, avtomobil yöllarining qatnov qismi yaqinida joylaşgan maktablar oldiga 58 ta «öquvçi-piyoda» maketi örnatilgan.

Hisobot yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengaşi tomonidan quyidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş belgilab olindi:

  • 4293 ta yöl belgilarini yangidan örnatiş;
  • 516 ta yöl körsatkiçlarni örnatiş;
  • 77 ta svetofor örnatiş;
  • 4 954 ta yorituvçi moslama örnatiş;
  • 14 380 ta qarama-qarşi harakat yönalişlarini ajratib turuvçi beton tösiqlar örnatiş;
  • 163 km uzunlikdagi yöllarni kengaytiriş;
  • 151 km uzunlikdagi yöllarning toifasini özgartiriş;