2022 yil 21 martdan yangi Sof tarifi joriy etilib, u keyingi oyga işlatilmagan trafikni ötkaziş va xarajatlarni töliq nazorat qiliş imkonini beradi.
Yangi Sof tarifi abonentlar manfaatlarini öylagan holda yaratilgan va foydalanuvçilar ehtiyojlarini közlaydi.
Uning şiori - “Şunçaki. Hamişa. Arzonroq”. Şunçaki – foydalanişda soddalikka asoslanadi. Hamişa – abonentlar bilan doim muloqotda. Arzonroq – arzon narxlarda köproq internet va daqiqalar.
Andrey Şişkovskiy, Ucell Boş direktori:
— Yangi tarif rejasini tayyorlaşda abonentlarimizning birlamçi xohişlarini qondirişni asosiy maqsad sifatida belgiladik. Yangi tarif rejasi oldingidan ança qulay. Hozir bizda tariflarning uç guruhi mavjud: kiriş tariflari, modem va qurilmalar hamda tarif va smartfonlar uçun asosiy Sof tarifi. U juda sodda va tuşunarli.
Sof — toza va şaffof ma’nolarini anglatadi. Biz har bir abonent bilan aynan şunday - özaro işonç va oçiqlikka asoslangan munosabatda bölişni istaymiz. Bizning abonentlarimiz töliq erkin bölişlarini xohlaymiz. Şuning uçun qönğiroqlar va internetni manfaatli narxlarda taklif etamiz va aloqa uçun xarajatlarni abonentlarimizning özlari nazorat qilişlariga imkon beramiz.
Gigabaytlar va daqiqalar “kuyib” ketmaydi
Keling, taniş vaziyatni tahlil qilamiz. Abonent tarif rejasiga ulandi va u özi ulangan tarif böyiça trafikka ega böldi. Oyning oxirida sarflanmagan gigabaytlar va daqiqalar qolişi mumkin. Yangi davr boşlanişi bilan qoldiqlar “kuyib” ketadi. Odamga alam qiladi, töğrimi? Joriy hisob davrida tarif böyiça daqiqalar, SMS va GBlarning qoldiği keyingi oyga ötkaziladi. Faqat abonentlik tölovini öz vaqtida tölasangiz bölgani.
Xarajatlarni töliq nazorat qiliş
Ucell mobil aloqa xarajatlarini nazorat qilişga aql bilan yondaşiş imkoniyatini taqdim etadi. Sof tariflarida internet-trafigi muddati ötgaç, tarif va paketlar böyiça abonentda limitga qöşimça avtomatik tarifikatsiyasi boşlanmaydi. Tarifda GB tugasa, abonent taklif qilingan uçta yeçimdan birini tanlaşi mumkin:
- Qöşimça internet-paketga ulaniş;
- Restart xizmatidan foydalaniş – tarifda limitlarni yangilaş;
- Limitga qöşimça tarifikatsiyani ulaş.
Sof tarif rejasida abonentlik tölovini töliq hajmda yeçiş uçun abonentning hisobida mablağ yetarli bölmasa, abonentlik tölovidan pul yeçilmaydi. Nomer vaqtinça blokka tuşmaydi, abonent hisobini yetarliça töldirganidan keyingina abonent tölovi yeçiladi va trafik töliq hajmda belgilanadi. Hisobingiz nol va bloklangan bölganda ham ucell.uz saytiga kirib, mahsulotlar töğrisida ma’lumot oliş mumkin.











