Şavkat Mirziyoyev 23 mart kuni iqtisodiyot barqarorligini ta’minlaş çora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi. 

«Koronavirus pandemiyasi paytida hamma sohalarni oğir şaroitdan olib çiqiş böyiça qarorlar qabul qilganimiz öz natijasini berdi. Hozirgi vaziyatda ham xavf-xatarlarni oldindan köra bilişimiz kerak. Dunyoda bölayotgan voqealar natijalarga salbiy ta’sir körsatmasligi uçun aniq çora-tadbirlarni belgilab olişimiz zarur. Ayniqsa, tadbirkorlarga yengillik yaratib, har tomonlama qöllab-quvvatlaşimiz kerak», degan davlat rahbari.

Şundan kelib çiqib, yiğilişda iqtisodiyot rivojining bugungi holati tahlil qilindi va qöşimça çoralar belgilandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga tadbirkorlar bilan kunlik muloqot örnatib, ularning loyihalari, işlab çiqariş faoliyati, eksport-import amaliyotlariga kömaklaşiş böyiça topşiriqlar berildi.

Tarmoq va hududlarda kunlik monitoring örnatib, yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlarning oldini oliş böyiça tezkor çoralar köriş vazifasi qöyildi. Tadbirkorlik sub’yektlariga aylanma mablağalarini töldirişi uçun revolver kredit beriş tizimini yanada soddalaştiriş zarurligi aytildi.

Prezident eksport masalasiga ham töxtalib, eksportçi korxonalarning transport-logistika masalalarini hal qilib boriş, ularning transport xarajatlarini qisman qoplaş amaliyotini kengaytiriş böyiça körsatma berdi.

Ma’lumki, bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berişda muammolar kuzatilmoqda hamda ularning narxi sezilarli oşmoqda. Şu bois, Vazirlar Mahkamasiga içki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlaş, buğdoy, ösimlik yoği, şakar va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvçi tadbirkorlarga kömaklaşiş orqali aholi talabini qondiriş böyiça qöşimça topşiriqlar berildi. Şuningdek, inflatsiya darajasini kamaytiriş va uning maqsadli körsatkiçlarga tezroq qaytişini ta’minlaş Hukumatning asosiy vazifasi ekani yana bir bor qayd etildi.

Markaziy bankka taşqi valuta bozoridagi noaniq vaziyatni inobatga olgan holda, içki valuta bozori barqarorligi va almaşuv kursi moslaşuvçanligini ta’minlaşda ehtiyotkorona yondaşuvni qöllab boriş muhimligi körsatib ötildi. Bunda içki valuta bozoridagi holatni kunlik kuzatib, tadbirkorlarni, umuman, xalqimizni joriy vaziyat, kutilayotgan özgarişlar va körilayotgan çoralar haqida xabardor qiliş kerakligi ta’kidlandi.