U boşdan keçirgan voqeaning qisqaça mazmuni şunday: 2014 yilning avgust oyida Xurşid Tursunov namanganlik tadbirkor Akmaljon Mamajonovga Xitoyda işlab çiqarilgan içimlik suv qadoqlovçi qurilmani kelişuv asosida, tilxat orqali sotadi.
U bu uskunani Buxoroda tadbirkorlik qiliş uçun olib kelgan. Ammo Buxoroda qazilgan artezian quduqdan çiqqan içimlik suvining tarkibi iste’molga yaroqsizligi bois faoliyatini davom ettira olmasdan, uskunani sotişga majbur böladi.
A.Mamajonov «MODEL HX-28 MULTI- FUNCTION PLASTIK BOTTLE BLOWER» nomli 5 litrli polietilen suv idişi tayyorlovçi apparat, «MODEL HX-28 MULTI- FUNCTION FAR-INFRARED HEATER» nomli polietilen suv idişini qizdirib beradigan uskuna va suvni filtrlovçi 4 dona uskunalarni 37 mln 568 ming sömga teng 16 ming AQŞ dollariga sotib olişga kelişib, pullarni ikki oy içida yetkazişga va’da berib, tilxat yozadi.
Keyinçalik A.Mamajonov X.Tursunovdan sotib olgan uskunalarini «Osiyo Giyohi» MÇJ balansiga kirim qiladi. Orada 4 yil davomida X.Tursunov pulni undiriş uçun sarson bölgani, vodiy yölida uning şeriklari avtohalokatga uçraganiga batafsil töxtalib ötirmaylik, mayli.
Bu voqealardan söng 2018 yil 22 noyabrda A.Mamajonov şu va boşqa qilmişlari uçun Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan sudlanadi. JIB Uçqörğon tuman sudi hukmiga köra, uskunalar Xurşid Tursunovga qaytarilişi belgilanadi.
JIB Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2019 yil 13 martdagi ajrimi bilan hukm özgarişsiz qoldiriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining 2019 yil 11 iyundagi ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasining ajrimi bekor qilinib, iş yangidan apellyatsiya instansiyasida köriş uçun yuboriladi.
Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2019 yil 17 sentyabrdagi ajrimi bilan hukm özgartirilib, A.Mamajonovdan jabrlanuvçi Xurşid Tursunovga 29 mln 835 ming söm undiriş belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2021 yil 20 apreldagi ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasining 2019 yil 17 sentyabrdagi ajrimi bekor qilinib, iş yana bir bor yangidan apellyatsiya instansiyasida köriş uçun qayta yuborilgan.
Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2021 yil 4 iyundagi ajrimi bilan hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi özgartirilgan:






















