Bu haqda, bugun, 25 mart kuni Nursulton şahrida mamlakat boş muftiysi Navrözbay Tağanuli raisligida ötkazilgan Qozoğiston musulmonlari idorasi prezidium yiğilişida ma’lum qilingan.

Qozoğiston muftiysining örinbosari, şariat va fatvo bölimi boşliği Sansizbay Qurbon öğlining ma’lum qilişiça, Ramazon oyining boşlanişiga doir qaror Özbekiston va Qirğiziston muftiyatlari bilan kelişuv asosida qabul qilingan.
Şuningdek, qöşni Qozoğiston muftiyati Ramazon hayiti 2 may sanasida nişonlanişini ma’lum qilgan.
Hozirça Özbekiston musulmonlari idorasi uşbu xabar yuzasidan izoh bermadi.
Joriy yil 15 mart kuni Özbekiston musulmonlari idorasi Qozoğiston va Qirğiziston ulamolari iştirokida Ramazon oyi hilolini kuzatişga tayyorgarlik köriş böyiça onlayn davra suhbati bölib ötganini xabar bergan edi.











