Charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlar kengashlari hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasining qaror ilovasida ko‘rsatilgan tuman (shahar)lar hududida transport va muhandislik-texnik kommunikatsiyalar mavjud yoki o‘tkazish oson bo‘lgan faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer maydonlarida terini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda tayyor charm-poyabzal, mo‘yna va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlar kengashlari tegishli qarori asosida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kichik sanoat zonasi tashkil etish uchun ko‘rsatilgan tuman (shahar) hududlarida yer maydonlari ajratilishini ta’minlaydi.
Kichik sanoat zonalari hududida uning ishtirokchilariga yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi yoki uzoq muddatga ijaraga beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha, kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun o‘rmon xo‘jaligi joylashgan yer maydonlari ajratilgan taqdirda, o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari istisno tariqasida undirilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlari maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashlari kichik sanoat zonasini samarali boshqarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida tashkil etilgan davlat muassasasi shaklidagi yagona direksiyasiga qo‘shimcha bitta shtat birligi ajratilishini ta’minlaydi.
Tuman (shahar) hududlarda tashkil qilinadigan terini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda tayyor charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari
RO‘YXATI
Mavzuga oid

13:06 / 24.03.2025
Malayziya korporatsiyasi O‘zbekistonda maxsus sanoat zonasini tashkil qiladi

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

15:15 / 20.09.2023
O‘zbekiston AQShga maktab poyabzallari yetkazib beradi

19:28 / 26.05.2023