Ikki yillik çeklovlardan söng, qator davlatlar tomonidan poyezd yölovçilari uçun davlat çegaralarini bosqiçma-bosqiç oçiş borasida sa’y-harakatlar amalga oşirilişi boşlagan, deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lum qilinişiça, Qozoğiston Respublikasiga yölovçi poyezdlar harakati «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati va «Qazaqstan temir joli» MK» AJ bilan kelişilgan holda taşkil etilmoqda.

2022 yil 2 maydan boşlab haftada uç marotaba Almati – Toşkent – Almati yönalişida 1/2-sonli poyezd qatnovi yölga qöyiladi. Uşbu poyezd «Toşkent-Markaziy» vokzalidan har seşanba, payşanba va yakşanba kunlari jadval asosida Qozoğistonga jönab ketadi.

Özbekiston tomonga «Almati-2» temir yöl vokzalidan har duşanba, çorşanba va şanba kunlari qatnaydi. Qatnovlar zamonaviy «Talgo Tulpar» poyezdlarida amalga oşiriladi.

Kompaniyaning ma’lum qilişiça, boşqa qöşni davlatlar bilan temir yöl yönalişlarining qayta tiklanişi tomonlarning kelişuviga asosan bosqiçma bosqiç oçilişi kutilmoqda.

Avvalroq 1 aprel kunidan boşlab Nukus – Beyneu – Nukus yönalişi yönalişidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi yölga qöyilişi ma’lum qilingan edi.

Şuningdek, 16 martdan Özbekiston va Qozoğiston örtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yönalişlarida qatnovlar qayta tiklangani xabar berilgan edi.