Seşanba kuni Istanbulda Ukraina va Rossiya vakillari örtasida muzokaralar bölib ötadi. Tomonlar gumanitar masalalar böyiça muhokama ötkazib, öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişişga urinib köradi.

Avvaliga Turkiyaga Rossiya delegatsiyasi kelgandi, biroz ötib - ukrainlar ham yetib kelişdi. Ukrainadan muzokaralarda mudofaa vaziri Aleksey Reznikov, prezident ofisi maslahatçisi Mixail Podolyak, şuningdek hukmron «Sluga naroda» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya qatnaşadi. Rossiya delegatsiyasini Putinning maslahatçisi Vladimir Medinskiy boşqarmoqda.

Tomonlarning vakillarining sözlariga köra, yuzma-yuz uçraşuv sönggi haftalar davomida ötkazib kelingan videoformat şaklidagi maslahatlaşuvlarga asoslanadi. Muzokaralar uçun Istanbuldagi Dolmabaxçe saroyi tanlangan, uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 12:00dan ötib boşlanişi belgilangan.

Ukraina telekanali efirida Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kulebaning ma’lum qilişiça, Kiyev uçun minimal vazifa – «gumanitar muammolar uçun yeçim» hisoblanadi. «Maksimum vazifa –  öt oçişni töxtatiş, bu borada barqaror kelişuvga erişiş», deya Kulebaning sözlarini keltirgan vazirlik rasmiy sayti. «Biz odamlar, yer va suverenitet bilan savdolaşmaymiz. Bizning pozitsiya – mustahkam», degan Kuleba.

Ukrainlar prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning asosiy talabi Ukraina NATOga kirişdan voz keçişi bölişini aytgan, bu borada murosaga keliş oson. Qolgan masalalar, jumladan Qrimning maqomi va Donbassdagi tuzilmalar taqdiri böyiça tomonlarning pozitsiyalari bir-birinikidan yiroq.

25 mart kuni Medinskiy muzokaralarning borişini şunday tasvirlagandi: «ikkinçi darajali masalalar böyiça pozitsiyalar yaqinlaşmoqda, ammo asosiy siyosiy masalalar böyiça biz amalda bir joyda depsinib turibmiz». TASS agentligi ham Putinning vakili Dmitriy Peskovning sözlarini keltirgan, unda «yuzma-yuz format muzokaralarni yanada konsentratsiyalaşi, mazmunliroq qilişi» aytilgandi. «Ammo hozirça, afsuski, biz biror muhim yutuq yoki jiddiy oldinga siljiş haqida ayta olmaymiz», degandi Peskov.

Rossiya Ukrainaga talablarining bir qismidan voz keçişga tayyor

Financial Times Rossiya va Ukrainaning muzokaralardagi pozitsiyasi haqida yozdi. Naşrning vaziyatdan xabardor bölgan qator manbalariga köra, Rossiya endi «denatsifikatsiya», «demilitarizatsiya» va rus tili muhofazasini talab qilmayapti. Buning örniga Kiyevning NATOga a’zo bölişdan, yadro qurollari işlab çiqişdan va xorij harbiy bazalarini öz hududida joylaştirişdan voz keçişi masalasiga urğu qaratilmoqda. Şu bilan birga Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölib kirişiga e’tiroz bildirilmaydi.