Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev marosimda nutq sözlar ekan, loyihalarning ahamiyatiga töxtaldi, uşbu majmualar Özbekiston va Turkiya örtasidagi iqtisodiy hamkorlik samaralarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi. Oxirgi bir yilning özida turkiyalik kompaniyalar bilan birgalikda Özbekiston iqtisodiyoti uçun juda muhim bölgan 5 ta yirik energetika loyihalari amalga oşirilgani qayd etildi. Bu stansiyalarning umumiy quvvati bugungi loyihalar bilan qöşib hisoblaganda 1,4 ming megavattga yetadi.

Özbekiston energetika tarmoğini modernizatsiya qiliş natijasida 2026 yilgaça davlat-xususiy şeriklik asosida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 29 ta loyiha işga tuşirilişi ta’kidlandi. Ular qöşimça 71 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkonini yaratadi, yiliga 12 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Davlat rahbari elektr stansiyasini bunyod etişda qatnaşgan muhandis va quruvçilarga minnatdorlik bildirdi. Söng prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdöğan ramziy tugmani bosib, Qibray tumanidagi issiqlik elektr stansiyasini işga tuşirdi va Xovos tumanidagi issiqlik elektr stansiyasi qurilişini boşlab berdi.

Qibraydagi IES quvvati 240 megavatt bölib, yiliga 2 milliard kilovatt-soat energiya işlab çiqaradi. Xovos tumanidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi 220 megavatt quvvatga ega, unda yiliga 1 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi.

Bundan oldin Şavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi birinçi IES qurilişiga start bergandi.