Beknazar Abdikamalov özi kim?  

Beknazar Abdikamalov 1993 yili Nukus şahrida tuğilgan. TATUda öqişning birinçi semestrini tugatib, 18 yoşida Janubiy Koreyaga öqişga ketgan. Hozirda Amazon kompaniyasining Kanadadagi ofisida dasturçi bölib işlamoqda.

Resurslarning çeklanganligi unçalik yomon holatmas

Maktabimiz birinçi marta internetga qöşilganida men umuman şokka tuşgandim. Uning tezligi, bir ma’lumotni dunyoning narigi burçagiga katta tezlikda yetib borişi meni hayron qoldirgan. 6-7-sinfdaligimda men aniq dasturçi bölişimni bilardim. Şuning uçun özimga mentorlarni topib, ular bilan email orqali gaplaşardim. Aybek Murtazayev (Avstraliyadagi nukuslik dasturçi), Aziz Murtazayev (Facebook sobiq dasturçisi) va Salamat Avezov (Poliglot dasturçi)lar mening birinçi mentorlarim edi. Ular menga köp vaqt ajrata olmasdi. Oddiygina poçta orqali ulardan köproq ma’lumot olişga harakat qilardim. Dadamning iş kompyuteri bor, ammo interneti yöq edi. Kompyuter ustaxonasiga borib işlardim. Evaziga esa bir soat internetdan foydalanişga ruxsat olganman. Şu vaqt içida mentorlarim bilan muloqot qilib, kerakli darslarni fleşkamga yuklab olardim. Uyga borib videolarni qayta-qayta körganman. Şu tariqa dasturlaşni örgandim. Şuning uçun mening fikrimça, resurslarning çeklanganligi unçalik yomon holatmas. Ozgina imkoniyatdan ham maksimal darajada foydalansa böladi.  

Foto: Beknazar Abdikamalovning şaxsiy arxividan
Foto: Beknazar Abdikamalovning şaxsiy arxividan

Nima uçun TATUdagi öqiş taşlab ketildi?  

Litseyda öqib yurganimda xorijda öqiyman degan yakuniy qarorga kelgandim. TATUga esa şunçaki, ota-onam uçun topşirganman. TATU bilan birga Janubiy Koreyadagi oliygohga ham hujjat topşirdim. Lekin buni uydagilarga aytmadim. Ota-onam qarşi edi. Tan oliş kerak, bizda köpçilik ota-onalar va yoşlar öqişga kirilsa böldi, deb öylaşadi. Ammo unday emas. TATUga grant asosida qabul qilindim. Lekin içimda Koreyadan javob kutardim. U yerdan ham ijobiy javob keldi. Unda ham uydagilarga aytmadim. Viza bilet va boşqa hujjatlarni töğrilaganimdan keyingina ularga aytdim. Ota-onamning mahallada izza bölmasligi uçungina Toşkentdagi universitetga kirgandim. Sababi mahalladagilar avgust-sentabr oyida bolang qayerga öqişga kirdi, deb söraşgan. Koreyaga topşirdi degan javobdan köra öqişga kirdi, degan javob bu yerdagilarni qoniqtirişini tuşungandim. Bunday stereotiplar bizda afsuski, hozir ham bor.