Matni ÖzAda keltirilgan prezident qaroriga köra, universitet faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

  • sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uçun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş;
  • yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, ta’lim jarayoniga ilğor pedagogik va masofaviy ta’lim texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etiş;
  • zamonaviy öquv va ilmiy laboratoriya bazasini şakllantiriş, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanişi uçun yangi işlanmalarni yaratiş, talabalarga ta’lim jarayonida ilmiy faoliyat bilan şuğullaniş uçun şart-şaroit yaratiş;
  • sanoat taşkilotlarining muammolarini yeçişga qaratilgan ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantiriş, tadqiqot natijalari va ilğor texnologiyalarni amaliyotga joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş;
  • ta’lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etiş, respublika va yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;
  • öquv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etiş, talabalar nazariy bilimlarining işlab çiqariş amaliyoti bilan uzviy boğliqligini ta’minlaş, bitiruvçilarni iş bilan ta’minlaş böyiça maqsadli hamkorlikni yölga qöyiş;
  • talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantiriş, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlaş, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş;
  • öquv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim oliş, tizimli tahlil qiliş, ijodiy fikrlaş va amaliy, jumladan, tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga yönaltiriş;