«Qumtor» oltin koni tölaligiça Qirğiziston tasarrufiga ötdi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, «Tsenterra» kompaniyasi bilan nizoni muvofiqlaştiriş töğrisida kelişuv imzolangan.

«Şunday qilib, biz yirik milliy boyligimiz - «Qumtor» koni tölaligiça Qirğizistonga ötişini ta’minladik. Bu «Qumtor» töliq Qirğizistonga tegişliligini anglatadi. Bugungi kun buriliş oni sifatida mamlakatimiz tarixiga kiradi», dedi Japarov.

Japarovning aytişiça, «Kumtor Gold Kompani» kompaniyasining 100 foiz aksiyasi Qirğizistonga ötgan.

Ma’lumot berilişiça, «Qumtor» koni uç milliard dollarga baholanmoqda. 

Qirğiziston prezidentining sözlariga köra, mamlakat yaqin 10 yil içida «Qumtor»dan 160-200 tonna oltin qazib olib, 5 milliard dollar foyda köradi.