Yangi Huawei MatePad 11 bu – 120 Hz yangilaniş çastotasiga ega displeyi bilan jihozlangan birinçi Huawei planşeti bölib, ajoyib silliq tasvirlar va har qaçongidan ham tezroq responsivlik imkonini beradi.
Planşet HarmonyOS 2’da işlaydi va Huawei MatePad 11’ga yangi funksiyalarni taqdim etadi. Yangi planşetning işçi stoli har qaçongidan ham tartibli bölib, foydalanuvçilarga muhim ma’lumotlarni yanada samaraliroq körişning yangi usulini taklif etadi.
Minimalist dizayn
Huawei MatePad 11 özida soddalik, qulaylik va köp qirralilikni mujassam etgan estetik dizaynga ega. Planşetda tomonlar nisbati 16:10 bölgan 10,95 dyuymli ultra yupqa FullView displey mavjud. Keng displey, 86% ekran-korpusga nisbati va 7 mm yupqa romlar planşetdan foydalanganda muvozanatli köriniş va ta’sirçan foydalaniş amaliyotini yaratadi. Planşet ingiçka hoşiyali romga ega bölib, qurilma ingiçka körinişini ta’minlaydi va qurilmaning qölga yaxşiroq örnaşişi imkonini beradi.

Yuqori yangilaniş tezligi
Huawei MatePad 11 bozordagi köplab planşetlar orasida özining yuqori yangilaniş tezligi bilan ajralib turadi, bu esa foydalanuvçilarga köproq tafsilotlarni köriş va his qiliş imkonini berib, foydalanişda yaqqol ustunlikni namoyiş etadi. DCI-P315 rangli gamuti esa videolarni yanada töyingan va jonli qiladi.

Eng muhimi, foydalanişga oson va qulay
App Multiplier bir ilovada ikkita vazifa ustida işlaş imkonini beruvçi oynani blokirovka qilişning yangi funksiyasini taqdim etadi, Multi-Window8 bilan esa bitta ekranda 4 tagaça ilovani oçiş mumkin — hamkasblar bilan suhbatlaşing, elektron poçta xabarlarini tekşiring va işlayotganingizda muhim qaydlar oling. Bundan taşqari, planşet sensorli ekran yoki siçqonça yordamida barça ilovalarni katta samaradorlik bilan köriş va ulardan foydalaniş imkonini beradi.
Noyob stereo tizimi












