3 oyda respublika böyiça 765 ta holatda ulgurji iste’molçilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda, 28 million 398 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalaniş holatlari aniqlangan. 

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga köra, buning natijasida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 25 milliard 831 million söm zarar yetkazilgan.

Qayd etilişiça, uşbu miqdordagi tabiiy gaz 4 million xonadonning bir kunlik iste’molini taşkil qiladi.

Noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi – Farğona, Toşkent, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlarida aniqlangan.

Aniqlangan barça holatlar böyiça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.