Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiy 75 yoşida vafot etdi. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin ma’lum qildi.

«Oğir va davomli kasallikdan keyin Vladimir Volfoviç Jirinovskiy bu olamni tark etdi… Barçamiz uçun — bu örnini töldirib bölmaydigan yöqotiş. Uning xotirasi doim qalblarimizda», — deyiladi Volodinning Telegram-kanalidagi xabarda.

Spiker Davlat dumasi yiğilişida ham Liberal-demokratik partiya yetakçisi vafot etganini ma’lum qilib, bir daqiqalik sukut e’lon qildi. 

Partiya matbuot xizmati ham Jirinovskiyning ölimi yuzasidan nekrolog e’lon qilgan. Unda bu ölim butun Rossiya va uning tarafdorlari armiyasi uçun katta zarba bölgani ta’kidlanadi.

Rossiyalik taniqli siyosatçi 1946 yilda Olmaota şahrida tuğilgandi. 1970 yilda Moskva davlat universiteti qoşidagi Şarq tillari instituti (hozirgi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti) «Turkiya va turk tili» fakultetini tamomlagan, 1977 yilda esa MGUning yuridik fakultetida «yurist» mutaxassisligi böyiça diplom olgan.

Vladimir Jirinovskiy 1989 yilda RLDP a’zosi bölgan, 1990-yillarda partiya rahbarligiga kelgan.

U 1991 yilda uşbu partiyadan RSFSR prezidentligi uçun, 1996, 2000, 2008, 2012, 2018 yillarda Rossiya prezidentligi uçun saylovlarda nomzod bölgan.

1993 yilda Rossiya Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlaşda iştirok etgan.

  • 2 fevral kuni Vladimir Jirinovskiy koronavirusga çalinib Moskvadagi Prezident işlari boşqarmasining Markaziy klinik şifoxonasiga joylaştirilgandi.
  • Mart oyi boşida TASS agentligi siyosatçi sun’iy uyqu holatidan çiqarilgani haqida xabar bergan, Volodin esa Jirinovskiy Davlat dumasining keyingi majlislarida iştirok etişni rejalaştirayotganini aytgandi. Bir neça kun ötib OAVda RLDP yetakçisining holati yomonlaşgani xabar qilingan, partiya esa bu ma’lumotni rad etgandi.
  • 25 mart kuni Mash Telegram-kanali, şuningdek senator Aleksandr Pronyuşkin uning ölimi haqida xabar tarqatdi. Köp ötmay Volodin va RLDP bu ma’lumotni rad etdi, Pronyuşkin postini öçirdi va uzr söradi. Volodin unga vakolatini topşirişni tavsiya qildi. Kreml Jirinovskiyning ölimi haqidagi xabarni «hazil» deb atab, siyosatçi şifokorlar nazoratida ekanini ma’lum qildi.