Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2022 yilda 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar yotqiziladi
Yo‘l va yo‘laklar bo‘ylab lotoklar ham quriladi.
2022 yilda respublika bo‘ylab 2 ming 300 km sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish vazifasi qo‘yildi. 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha bir qator vazifalar berdi.
«2022 yilda 2 ming 300 kilometr, shu jumladan Andijonda 270 kilometr, Farg‘onada 200, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 190, Navoiy, Namangan va Samarqandda 180, Buxoro, Jizzax va Surxondaryoda 170, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 160, Sirdaryoda 150 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni barpo etish vazifasi qo‘yildi.
Buning uchun 2022 yilda sement ishlab chiqarish hajmi 3,5 million tonnaga ko‘payadi. Ya’ni joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar to‘liq qoplanishi ta’kidlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Toshkent shahrida ham 250 kilometr sement-beton qoplamali yo‘llar quriladi. Bu ishlar uchun Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion so‘mga yana 200 milliard so‘m yo‘naltiradi.
Bulardan tashqari, 2022 yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari barpo etish reja qilingani, ular ham sement-betondan bo‘lishi kerakligi aytildi.
Mart oyida 25 kun davom etgan yog‘ingarchilik drenaj tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatgan, shu bois ushbu yo‘laklarni loyihalashda lotoklar qurishga ham alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026