Ikki kun oldin, şanba kuni Nexammer Kiyevda bölgan va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgandi.
Nexammer va Putinning uçraşuvi Novo-Ogaryovoda yopiq formatda ötkazilib, bir yarim soatga yaqin davom etdi. Muzokaralar matbuot uçun yopiq eşiklar ortida bölib ötdi, boşlanişidan oldin protokol uçun suratga oliş jarayoni ham, muzokara yakunida matbuot anjumani ham bölmadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, bunday formatni Avstriya tomoni söragan.
Avstriya naşrlarining yozişiça, Putin va Nexammer uçraşuvi qöl siqib körişiş va özaro suratga tuşişsiz ötkazilgan.
«Bu döstona taşrif emas. Men Ukrainadan keldim va Rossiyaning tajovuzkor uruşi keltirgan bemisl azob-uqubatlarni öz közim bilan kördim. Birodarlik qabristonlari tepasida turdim», deya kanslerning sözlarini keltirgan Kurier.
Nexammerning sözlariga köra, uning Putin bilan muloqoti «bevosita, oçiq va qattiq» ötgan.
Uning aytişiça, uçraşuvda Buça va boşqa joylarda sodir etilgan oğir harbiy jinoyatlar masalasini kötargan va barça aybdorlar javobgarlikka tortilişi lozimligini aytgan. U Putinga Rossiyaga qarşi sanksiyalar öz kuçida qolişi va Ukrainada odamlar ölişi davom etar ekan, yanada kuçaytirilişini bildirgan: «YeI bu masalada har qaçongidan ham birdam».
«Ammo mening Putinga eng muhim xabarim şu böldiki, bu uruş nihoyat barham topişi kerak, çunki uruşda har ikki tomon ham mağlub böladi», deya xulosa qilgan Nexammer.
Nexammer MeinBezirk.at naşriga aytişiça, u Ukrainadagi uruşni tezroq yakunlaş kerakligi haqida aytganida, Vladimir Putin şunday javob qaytargan: «Yaxşi bölardi».
Uning sözlariga köra, Putin «hamon Istanbuldagi tinçlik muzokaralariga işonç bildirmoqda» va şunday davom etişni istaşini bildirgan. Nexammerning tasdiqlaşiça, Rossiya prezidenti öz mamlakatiga qarşi kiritilgan sanksiyalarni «juda qattiq» deb baholagan.
U endi bölib ötgan muzokara böyiça yevropalik hamkorlarini xabardor qiladi va ularga kelgusidagi qadamlar böyiça maslahat soladi.
Rossiya tomoni uçraşuv yakunlari böyiça ma’lumot bermagan.

Avvalroq Nexammer tvitterdagi sahifasida Putin bilan öt oçişni töxtatiş, gumanitar yölaklar oçiş va Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tekşiriş masalalarini muhokama qilmoqçiligi haqida yozgandi.















