“Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlaniş sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qiliş faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qaror bilan, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini taşkil qiliş böyiça Muvofiqlaştiruvçi kengaş taşkil etildi.
Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlaniş böyiça uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning içki va taşqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravişda Prezidentga kiritib boriş Muvofiqlaştiruvçi kengaşning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Muvofiqlaştiruvçi kengaş içki va taşqi siyosat jarayonlari böyiça strategik tadqiqotlarni taşkil qiliş hamda ularni ötkazişning barça jarayonlarini muvofiqlaştiriş masalalariga mas’ul bölgan maslahat organi hisoblanadi.
Muvofiqlaştiruvçi kengaş faoliyatini töğri yölga qöyiş, umumiy muvofiqlaştiriş hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlaş Prezidentning Maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi tomonidan amalga oşiriladi. Eslatib ötamiz, uşbu lavozimda Sardor Umrzoqov faoliyat olib bormoqda.
Muvofiqlaştiruvçi kengaş tuzilmasida quyidagi yönalişlarga mas’ul bölgan işçi guruhlar taşkil qilinadi:
- xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
- davlat va jamiyat qurilişi;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş;
- taşqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
- hududlarni strategik rejalaştiriş va rivojlantiriş;
- ekologik kun tartibi, şu jumladan iqlim özgarişi, suv taqçilligi masalalari.

















