Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi AQŞ Ukrainaga Switchblade kamikadze-dronlarini yetkazib berganini ma’lum qildi.

«Dastlabki 100ta dron jönatildi. Ularning bir qismi allaqaçon Ukrainaga yetib bordi. Qolganlarini yetkazib beriş ham köp vaqtni olmaydi», — dedi Kirbi.

U AQŞ prezidenti Jo Bayden hukumat Ukrainaga özini himoya qilişi uçun yordam beriş yöllarini qidirişda davom etişini aytganini eslatib ötdi.

«Şu bois kelgusida ham bunday tizimlar yetkazilişini istisno qilmayman», — dedi Kirbi.

Avvalroq Bayden AQŞ Ukrainaga qöşimça 800 mln dollar ajratilişi va 800 dona Stinger zenit-raketa majmualari hamda 2 ming dona Javelin tankka qarşi tizimlarini yetkazib berişini aytgandi.