Ukrainadagi uruşning Özbekistonga ta’siri: xalqaro prognozlar va tavsiyalar
|22:29 / 14.04.202251 0909 min
XVJ, YeTTB, Jahon banki va Fitch reyting agentligi kabi xalqaro moliya taşkilotlari 2022 yilda Özbekistonning iqtisodiy ösişi böyiça prognozlarini keskin pasaytirdi. XVJ missiyasi Özbekistonga bozorlarni oçiş, biznes uçun teng şaroitlar yaratiş, mulk huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlaş hamda korrupsiyaga qarşi faolroq kuraşiş, şuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi rolini qisqartirişni tavsiya qildi.
Foto: AFPFoto: AFP
Ukrainada Rossiya tomonidan boşlangan uruş köplab davlatlar iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir qilmoqda. Sönggi haftalarda xalqaro moliya taşkilotlari xususan Özbekistonning ham iqtisodiy ösişiga oid prognozlarni sezilarli pasaytirdi.
Yevropada tiklaniş va taraqqiyot banki 2022 yilda Özbekiston YaIM ösişi böyiça prognozini 6 foizdan 4 foizga, Jahon banki 6 foizdan 3,4 foizga, Xalqaro valuta jamğarmasi 6 foizdan 3-4 foizga, Fitch reyting agentligi 5,5 foizdan 3,1 foizga pasaytirdi.
Şu yil 31 martdan 13 aprelgaça Toşkentda bölgan Ron van Ruden boşçiligidagi Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi Özbekiston tomoni bilan maslahatlaşuvlardan söng özining yakuniy bayonotini e’lon qildi.
Global tendensiyalarning ta’siri
Hisobotda yozilişiça, Özbekistonda pandemiya davri nisbatan muvaffaqiyatli keçgan. Yetarli zaxiralar va oltin bahosining oşişi hukumatga pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumşatiş imkonini bergan. 2020 yil oxirida boşlangan iqtisodiy tiklaniş 2021 yilda ham davom etgan va ösiş 7,4 foizgaça tezlaşgan. Global oziq-ovqat va xomaşyo narxlarining bosimi inflatsiyani oşirgan, ammo nisbatan qattiq pul-kredit siyosati sabab bu körsatkiç 2021 yil oxiriga kelib 10 foizgaça pasaygan.
“Pandemiyaning ta’siri kamaygan bir paytda Ukrainadagi uruş va Rossiyaga joriy etilgan sanksiyalar yangi noaniqlikni keltirib çiqardi va Özbekiston iqtisodiyotining istiqbollariga salbiy ta’sir körsatdi. Rossiya Özbekistonning asosiy savdo şerigi, şuningdek, pul ötkazmalari hamda energetika va toğ-kon sanoatidagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun asosiy manba ham hisoblanadi.
Savdodagi uzilişlar, yoqilği va oziq-ovqat narxlarining kötarilişi va global moliyaviy şaroitlarning keskinlaşişi mamlakat rivojlanişiga qöşimça tösiqlarni keltirib çiqaradi. Özgaruvçanlik va noaniqlik birmunça vaqt yuqori bölib qolişi kutilmoqda”, deyiladi hisobotda.
Kutilmalar
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda 2022 yilda Özbekiston iqtisodiyotining ösişi ilgari prognoz qilingan 6 foiz darajasida emas, balki 3-4 foizgaça bölişi mumkin.
Pul ötkazmalarining qisqarişi umumiy importning kamayişi va tovarlar eksportidan keladigan daromadlarning oşişi bilan qisman qoplanişi kutilmoqda.
Mavzuga oid
XVJ ekspertlariga köra, global oziq-ovqat va yoqilği narxlarining keskin ösişi tufayli Özbekistondagi inflatsiya joriy yil 12 foizni taşkil etişi mumkin.
Prognozlar yuqori noaniqlik bilan tavsiflangan va yanada pastga tuşiş xavflari ustunlik qiladi. Bu uruşning kuçayişi va sanksiyalar rejimining qattiqlaşişi, şuningdek, virusning yangi ştammlari paydo bölişi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan pandemiyaning yangi tölqini bilan boğliq. Şu sabab Özbekistonda emlaş dasturlarini davom ettiriş zarurligi ta’kidlangan.
Boşqa asosiy savdo hamkorlar, jumladan, Xitoy, Turkiya va Qozoğistondagi ösiş sur’atlarining sekinlaşişi va xomaşyo narxlarining özgaruvçanligi ham Özbekistonga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
“Mamlakat rasmiylari qisqa muddatda Ukrainadagi uruş oqibatlarini yumşatişga e’tibor qaratiş borasida töğri qaror qabul qildi. Iqtisodiy siyosat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, zaif oilalarni qöllab-quvvatlaş, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan. Korxonalar transçegaraviy tranzaksiyalarni ruxsat berilmagan kanallar yordamida amalga oşiriş orqali nisbatan tez moslaşa olgan körinadi. Biroq logistika muammolari jiddiy bölib, keçikişlarga olib keladi va xarajatlarni sezilarli darajada oşiradi”, deyiladi XVJ missiyasi xulosalarida.
Qayd etilişiça, pandemiya davrida budjet taqçilligi ortib, 2021 yilda YaIMga nisbatan 6 foizga yetgani sababli 2022 yil uçun tasdiqlangan budjet taqçilligini YaIMga nisbatan 3 foizgaça kamaytiriş közda tutilgan edi. Hozirgi şaroitda xarajatlarni qayta taqsimlaş va investitsiya rejalarini qaytadan körib çiqiş bilan taqçillikni YaIMning 4 foizi atrofida uşlab turiş mumkin.
Şu bilan birga, kelgusi yillarda budjet defitsitini YaIMning 3 foizigaça çeklaş majburiyati qöyilganini hisobga olsak, Özbekistondagi qarz inqirozi xavfi pastligiça qolmoqda. Mamlakat xalqaro zaxiralarining yuqori darajada ekani va qarzlarning uzoq muddatga olingani qarz inqirozi xavfini yanada kamaytiradi.
Özbekistondagi banklarning sanksiyalar ostidagi rus banklariga nisbatan risk darajasi çeklangan bölsa-da, savdo va pul ötkazmalarining qisqarişi muammoli kreditlar (NPL) hajmining oşişiga olib kelişi mumkin.
Tavsiyalar
Pandemiya davrida nafaqa oluvçilar soni 2 barobarga oşirildi, manzilli ijtimoiy yordamlar kölami kengaydi. XVJ vakillariga köra, bu boradagi keyingi qadam – mustahkam pensiya va keksa yoşdagi kambağallikdan himoya tizimining asoslarini yaratiş bölişi kerak.
Pensiya tizimiga tuşumlarni oşirişga imtiyozlarni bekor qiliş hamda soliq va bojxona ma’muriyatçiligini takomillaştiriş orqali erişiş mumkin. Bu, öz navbatida, 2023 yilda QQS stavkasini 15 foizdan 12 foizgaça pasaytirişga zamin yaratadi.
Tez ösib borayotgan işçi kuçi va qaytib kelayotgan mehnat muhojirlari oqimini iş bilan ta’minlaşda xususiy sektorningösişi uçun şaroit yaratiş hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Yangi iş örinlarini avvalo kiçik va örta korxonalar orqali yaratilişiga erişiş lozim.
Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi, şuningdek, quyidagi tavsiyalarni ilgari surgan:
bozorlarni oçiş va biznes uçun teng imkoniyatlar yaratiş;
köplab farmon va qarorlar çiqariş örniga, bozor tamoyillariga asoslangan mustahkam qonunçilik bazasini işlab çiqiş; biznes yuritişni soddalaştiriş;
korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud tizimi mustaqilligini ta’minlaş orqali mulk huquqi himoyasi va qonun ustuvorligini oşiriş;
qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlarni xususiylaştirişni tezlaştiriş (bu çora investorlarga qöşimça himoya böladi); yerga egalik qiliş huquqini mustahkamlaş va qişloq xöjaligi yerlari bozorini yaratiş (bu çora fermerlarga mablağ jalb etiş imkonini beradi);
JSTga a’zo böliş böyiça muzokaralar va GSP+ doirasida sertifikatlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş;
iqtisodiyotda davlatning rolini sezilarli kamaytiriş, hozirgi şaroitlarda qiyin bölsa-da davlat korxonalarini xususiylaştiriş;
energetika islohoti orqali raqobatga asoslangan energetika bozorini yaratiş, resurslarning samarali taqsimlanişiga erişiş.
XVJ mutaxassislarining ta’kidlaşiça, kelgusi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş va tarkibiy özgarişlarni jadallaştiriş ösiş sur’atlarini örta muddatli istiqbolda yiliga 5-6 foizlik tendensiyaga qaytarişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon bankining tahlillari
Jahon banki hisobotiga köra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi oqibatlari Özbekistonda iqtisodiy ösiş darajasini 3,6 foizgaça sekinlaştiradi, inqirozgaça bu körsatkiç 6 foizga baholanayotgan edi.
Rublning zaiflaşişi va Rossiya iqtisodiyotining pasayişi tufayli pul ötkazmalarining keskin qisqarişi, neft, buğdoy va ösimlik yoği narxining oşişi Özbekistonda aholi iste’molini keskin kamaytirişi mumkin.
“Özbekiston 2022 yil davomida jahon bozorida oltin, mis, tabiiy gaz kabi xomaşyo mahsulotlari narxlarining yuqori bölişidan foyda körişi mumkin, ammo pul ötkazmalarining qisqarişi joriy hisob taqçilligini yalpi içki mahsulotning 10 foizigaça oşirişi mumkin. Yuzaga kelayotgan hisob defitsitining ösişi yangi davlat qarzlarining jalb etilişi va zaxiralardan foydalaniş hisobiga moliyalaştirilişi kutilmoqda”, deyiladi Jahon bankining hisobotida.
Ekspertlarning fikriga köra, tovarlar eksporti va xususiylaştirişdan tuşgan tuşumlarning oşişi pul ötkazmalariga qaram bölgan uy xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş uçun köproq ijtimoiy xarajatlarni qoplaşga yordam beradi.
Şuningdek, 2022 yilda umumiy budjet taqçilligi yalpi içki mahsulotning 4 foizigaça kamayişi prognoz qilingan. Bundan taşqari, 2022−2023 yillarda mamlakatning davlat qarzi rekord darajada ösib, YaIMga nisbatan 42 foizgaça yetişi mumkinligi keltirib ötilgan. Mazkur körsatkiç 2024 yil oxiriga kelib YaIMga nisbatan taxminan 40 foiz darajasida kamayişi mumkin
YeTTB kutilmalari
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki oxirgi hisobotida Ukrainada keçayotgan uruşning Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’sirini baholab, mintaqadagi YaIM ösiş sur’atini avvalgi 4,8 foiz körsatkiçlardan 3,2 foizga pasaytirdi. Xususan, Özbekistonda YaIM ösişi prognozi 6 foizdan 4 foizgaça, Qozoğistonda – 3,8 foizdan 2 foizgaça, Qirğizistonda – 5 foizdan 1 foizgaça, Tojikistonda – 6,2 foizdan 3 foizgaça pasaygan.
“Rossiyadan pul ötkazmalari Qirğizistonda YaIMning 31 foizini, Tojikistonda 26,7 foiz va Özbekistonda 11,4 foizni taşkil etgan holda, mazkur davlatlar uçun xorijiy valutadagi eng muhim daromad manbayi hisoblanadi. Rossiyada quriliş sohasida band bölgan özbekistonlik va tojikistonlik mehnat muhojirlari öz vataniga qaytişi natijasida mehnat bozorlariga qöşimça bosim yuzaga keladi”, deyiladi YeTTB prognozlarida.
Avvalroq, Fitch Ratings 2022 yilda Özbekistonning real iqtisodiy ösiş sur’atini 5,5 foizdan 3,1 foizga pasaytirgandi. Öz navbatida respublikaning suveren kredit reytingi BB– (barqaror) darajasida özgarişsiz qoldirilgan.
Fitch öz hisobotida mamlakatning xomaşyo tovarlariga boğliqligi, institutsional va boşqaruv sifati darajalari sustligi, yuqori inflatsiya darajasi va aholi jon boşiga YaIM pastligini respublika kredit reytingini çeklovçi omillar sifatida keltirgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi