2022 yilning 1 aprel kuni Fitch Ratings xalqaro agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingi böyiça navbatdagi hisobotini çop etdi, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.
Hisobotga köra, respublika suveren kredit reytingining bahosi VV- (barqaror kutilma) darajada tasdiqlangan.
«Özbekistonning mustahkam taşqi va fiskal zaxiralari, mö’tadil davlat qarzi darajasi va BB reytingiga ega mamlakatlarga nisbatan yuqori ösiş sur’atlari respublika suveren kredit reytingini qöllab-quvvatlovçi omillar bölgan», deyiladi xabarda.
Şu örinda, mamlakatning xomaşyo tovarlariga boğliqligi, institutsional va boşqaruv sifati darajalari sustligi, yuqori inflatsiya darajasi va aholi jon boşiga yalpi içki mahsuloti (YaIM) pastligi respublika kredit reytingini çeklovçi omillar sifatida keltirilgan.
Qayd etilişiça, jahonda yuzaga kelgan vaziyat Özbekistonda iqtisodiy ösiş pasayişiga, 2022–2023 yillarda joriy operatsiyalar hisobi defitsiti va inflatsiya darajasi ortişiga olib keladi.
Agentlikning yangilangan prognoziga köra, joriy yilda Özbekistonning real iqtisodiy ösiş sur’ati 3,1 foizni taşkil qiladi. 2021 yilning 8 oktabr kuni e’lon qilingan hisobotda bu körsatkiç 5,5 foizga baholangandi.
Mazkur prognoz pul ötkazmalari kamayişi tufayli uy xöjaliklari iste’moli kamayişi, investitsiya loyihalari keçikişi, taşqi qarz jalb qiliş şartlari qat’iylaşişi, valutaning köproq qadrsizlanişi va yuqoriroq inflatsiya kutilmalari bilan izohlangan.
Fitch’ning kutilmalariga köra, fiskal siyosat va xomaşyo (oltin, mis va gaz) eksporti uçun qulay narxlar şok ta’sirini yumşatişga xizmat qiladi.
Agentlikka muvofiq, milliy valuta kursi pasayişi, yuqoriroq inflatsiya kutilmalari va oziq-ovqat narxlari sababli 2022 yilda inflatsiya darajasi örtaça 12,7 foizni taşkil qiladi.
Şuningdek, 2021 yilda yuqori iqtisodiy ösiş, barqaror valuta kursi va qarz jalb qiliş sur’ati pasaygani sababli davlat qarzining YaIMga nisbati kamaygani e’tirof etilgan. 2021 yil yakunida hukumatning likvid aktivlari yuqori darajada (YaIMga nisbatan 23,5 foiz) saqlab qolingan.













