“Kimdir sirrozdan vafot etdi deyişsa hayron bölardim. Qançalik oğir dardligini özimning boşimga tuşganda bildim. Qon qusib jonlantiriş bölimlariga tuşib qolganimda his qildim buni”, — deya ahvolini tuşuntiradi bemor.

Qizining soğayib ketişidan umidvor ota-ona uni yillar davomida davolatişgan, buning uçun barça mablağlarini sarflaşgan.

“Bir marta davolanişiga 10 millionlab pul ketadi. Otasi ham, men ham pensiya olamiz, xolos. Davolatiş uçun molxonadagi mollarimizni, maşinamizni sotdik. Sotilmagan faqat uyimiz qoldi. Bir uyda 10 jon yaşaymiz, uyimizni sotsak şunça odam köçada qolamiz”.

Komilaning soğayişi uçun jigar köçiriş operatsiyasi ötkazilişi kerak. Hozir bir neça yaqinlari unga donor bölib, jigarini berişga rozi bölişgan. Lekin operatsiya uçun kerakli mablağ yöqligi uçun bemor va ota-onasi çorasiz qolişyapti.

Muborak oyda bir oila farzandi, bir ayol hayotga qaytişi uçun oz-ozdan bölsa-da yiğilib katta mablağ töplansa ajab emas. Şu yölda öz hissangizni ayamaysiz deb umid qilamiz! 

Komila Abdullayevaga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0204 7668 6725 Yulduzxon Abdullayeva nomida

Visa: 4108 5901 7510 8953 bemor Komila Abdullayeva nomida

Bevosita uçraşiş istagida bölganlar uçun bemor manzili: Zangiota tumani, Xonobod mahallasi, Beruniy 2-tor köçasi, 5-uy.