Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkek Moskvaning Qirg‘izistonda biolaboratoriya tashkil etish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi
Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha Qirg‘iziston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida biolaboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilingan.
Moskva Bishkekka Qirg‘iziston hududida BSL-3 darajasidagi biologik laboratoriya tashkil etishni taklif qildi, ammo qirg‘iz tomoni bu taklifni rad etdi. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha Qirg‘iziston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida biolaboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilingan.
“Qayd etish joiz, Qirg‘iz Respublikasi bu loyihaning amalga oshirilishiga qarshi chiqdi”, deyiladi xabarda.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston va Rossiya sog‘liqni saqlash vazirliklari sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Tomonlar shuningdek, yuqumli kasalliklarni o‘rganish, profilaktika qilish va qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.
Mavzuga oid
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026