Uimbldon musobaqasi taşkilotçilari rossiyalik va belaruslik tennisçilarni turnirga qöymaslikka qaror qildi. Bu haqda The New York Times va Sportico naşrlari xabar berdi. Uşbu qaror Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy operatsiyasi” sababli qabul qilinganligi aytilmoqda. 

Turnir 27 iyundan 10 iyulgaça bölib ötadi. Mazkur musobaqada dunyoning ikkinçi raketkasi Daniil Medvedev, Andrey Rublev (ATP reytingida 8-örin), Karen Xaçanov (26), Aslan Karatsev (30) hamda Anastasiya Pavlyuçenkova (WTA reytingida 15-örin), Darya Kasatkina (26), Veronika Kudermetova (29) va yana bir neça tennisçi qatnaşişi lozim edi.  

1 mart kuni Xalqaro tennis federatsiyasi Rossiya va Belarusning a’zoligini töxtatgan, bu mamlakatlardagi turnirlarni bekor qilgan va ularning sportçilarini Devis Kubogi iştirokçilari tarkibidan çiqarib yuborgandi.

WTA va ATP Rossiya va Belarus tennisçilariga turnirlarda neytral maqomda qatnaşişga ruxsat berdi. Buyuk Britaniya Daniil Medvedev Vladimir Putinni qöllab-quvvatlaşdan yozma ravişda voz keçgan taqdirda Uimbldonga qöyilişi mumkinligini bildirdi.