Oddiy call-markaz operatoridan strategik rejalaştiriş va tijorat tahlili xizmati rahbarigaça Abdulaziz Mansurov bu yölni Beeline Uzbekistan’da bor-yöği ön yil içida bosib ötdi. Kompaniyaning 15 yilligini nişonlaşda u oltin mukofotga sazovor böldi – özi tabassum bilan aytganidek, Beeline’ga bölgan özaro sevgisi uçun. Aslida, ajoyib tijorat natijalari uçun.

Foto: Beeline Uzbekistan

Dunyodagi eng baxtli odam

Abdulaziz abonent bilan ilk telefon suhbatining barça tafsilotlarini eslaydi. Balansni tekşiriş haqidagi juda oddiy savolga javob beriş kerak edi, lekin odatga köra, yoş call-markaz xodimining ovozi titrab ketgan. “Ammo bu işni amalga oşirganimni tuşunganimda, dunyoda mendan baxtli odam yöq edi!” – deydi u.

Bu voqeadan bir neça hafta oldin u qiyin tanlovga duç kelgan edi. Bakalavriatdan söng Abdulaziz öqişni davom ettirişni rejalaştirgan, uyali aloqa kompaniyasiga işga kiriş haqida heç qanday fikr ham yöq edi. Lekin aynan Toşkent politexnika universitetiga magistraturaga hujjat topşirgan kuniyoq operatoridan SMS keladi. Bu Beeline aloqa markaziga işlaş taklifi jönatmasi edi. Universitetdan hali ham aniqlik yöq edi va Abdulaziz Mansurov rezyumesini yuborişga qaror qildi. “Öşa kuni menga qönğiroq qilişdi va suhbatga taklif qilişdi. Lekin suhbatni imtihon kuni tayinlaşdi, rostini aytsam, kela olmasligimni ogohlantirdim. Qaytib qönğiroq qilişmaydi, deb öyladim. Biroq menga osongina boşqa sanani belgilaşdi. Suhbat yaxşi ötdi. Va men ham imtihondan ötdim. Men yana oraliqda qolgan edim, lekin kompaniya yana menga imkoniyat yaratdi – men işni universitetda öqiş bilan birlaştira oldim. Ertalab öqidim, tuşdan keyin qönğiroqlarga javob berdim, – deydi Abdulaziz.

Esda qolarli birinçi qönğiroqdan oldin ikki haftalik maşğulotlar bölgan. “Işga qabul qilinganlar”ga abonentlar bilan qanday muloqot qiliş, özini töğri taniştiriş va turli masalalarni hal etiş yöllari tuşuntirildi. Mijozlar bilan işlaş uçun maxsus tizimlarni özlaştiriş, kompaniyaning içki jarayonlarini örganiş kerak edi. “Bu men uçun boşqa dunyo edi. Bungaça uyali aloqa operatorlari qanday işlaşini bilmasdim. Menga hammasi yoqdi. Bilimlarni juda tez özlaştira boşladim. Hamon yozuvlarim biriktirilgan daftarlarimni saqlab qöyganman, – deb eslaydi Abdulaziz Mansurov call-markazdagi öqişini.

Kimga omad kulib boqadi?

Abdulaziz olti oy katta maslahatçi bölib işladi. Va keyin tijorat direksiyasidan telefon qönğiroği böldi. Istiqbolli yoş mutaxassisga özini tahliliy sohada sinab köriş taklif qilindi. “Raqamlarni juda yaxşi köraman, şuning uçun qiziq böldi”, deb tan oladi Abdulaziz Mansurov. – Aynan şu payt magistraturani tugatayotgan, dissertatsiya yozayotgandim. Va tez orada u tijorat hisoboti böyiça katta mutaxassis sifatida işlaşim mumkin edi, endi işni öqiş bilan birlaştirişning hojati yöq edi.

Mijozga yaqinroq!

“Barça işimni mehr bilan qilaman. Kiçik işmi, katta işmi, farqi yöq, – deydi qahramonimiz. Işga bunday munosabat ajoyib natijalarni bermasligi mumkin emas edi. Abdulaziz Mansurov Beeline Uzbekistan’ning marketing böyiça direktori lavozimini egallagan davr bölganini eslaşning özi kifoya. Uşbu muhim lavozimga tayinlanganida u ... 28 yoşda edi! Uning e’tirof etişiça, öşa paytda ota-onasi bundan juda ğururlangani uni juda ham ilhomlantirgan – ularning qöllab-quvvatlaşi tufayli u ajoyib natijalarga erişgan.

Foto: Beeline Uzbekistan

Yangi «parvoz»ga Beeline brendi haqidagi tasavvurni tubdan özgartirgan yirik kampaniyalar yordam berdi. ZÖR tarif liniyasi qayta işga tuşirilişi şular jumlasidandir. Kompaniya ön yil oldin şunga öxşaş nomga ega bölgan muvaffaqiyatli tariflarga ega edi va savdo böyiça mutaxassislar “ildizlarga qaytişga” qaror qilişdi. Ular özbek estradasining maşhur xonandasi Jahongir Poziljonovni (bir vaqtlar ZÖR-ZÖR reklamasi uçun suratga olingan) reklama roligida iştirok etişga taklif qilişdi, yangi mahsulot va uning afzalliklari haqida ijodiy videorolik qilişdi. Suratga oliş işlari Istanbulda bölib ötdi. “Yangi video va mahsulot tufayli biz yoşlar örtasida brend tuşunçasini yaxşilaşga muvaffaq böldik. ZÖR işga tuşirilganda Beeline mamlakat uyali aloqa operatorlari orasida uçinçi örinda edi. Ikki çorakda yana yetakçilikni qölga kirita oldik, – deydi Abdulaziz Mansurov.

Yoşlar orasidagi muvaffaqiyat ilhomlantirdi: aynan şu yoşdagi abonentlarga qaragan holda, Beeline Uzbekistan ötgan yili internet-paketlarni yangiladi. Eng maşhur yoş tiktokerlardan biri Ozod Xurramov reklama kampaniyasi iştirokçisiga aylandi. Şunday qilib, TikTok ZÖR-Dance tanlovini işga tuşirdi. Natija – deyarli 35 million köriş, öşa paytda Özbekiston uçun rekord.

Foto: Beeline Uzbekistan

Drayvda

Abdulaziz Mansurovning eng sevimli sözlaridan biri bu «drayv». Sevimli iş haqiqatan ham kuçli his-tuyğularni hadya qiladi. Masalan, ötgan yilning mart oyida şunday bölgan edi: Navröz oldidan Beeline bir neça soat içida 4G internet-paketlarini işga tuşirgan edi. Va ularning ulanişi sotuvçilar umidlarini ikki baravar oşirdi.

Foto: Beeline Uzbekistan

“Men ğalabaning yorqin ta’mini eslayman! Bu özimizga, yigitlarimizga işonçni yanada mustahkamladi, – deydi Abdulaziz. – Bizda ajoyib jamoa, drayv muhiti bor. Har kuni ertalab uyğonib, tabassum bilan hozir işga boraman, deb öylaş juda zör. Bu yoqimli his menga kuç bağişlaydi. Agar menga boşqa joyda işlaşni taklif qilişsa, men albatta yöq deb aytaman. Beeline mening qonimda, buni özgartirib bölmaydi”.

Albatta, Abdulaziz Mansurovning fikru-hayoli nafaqat tijorat tahlili va strategik rejalaştirişga bağişlangan. U hamkasblari bilan tennis va futbol öynaydi. Döstlar bilan haftada bir marta — «har qaysi haqiqiy özbek yigiti kabi» — çoyxonada uçraşişni unutmaydi. Abdulazizning ikki farzandi bor, öğli uç yoşda, qizi ikki yoşda, şuning uçun u oilasiga maksimal darajada e’tibor berişga, iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanatni saqlaşga harakat qiladi. «Töğri, ayolimning sözlariga köra, men buni unçalik uddalamayman», — dedi u jilmayib.

Foto: Beeline Uzbekistan

Yaqinda unda yangi sevimli maşğulot paydo böldi — pazandalik. Döstlari bilan toğga çiqqanida yoki dam oliş kunlarida oilasi bilan u doimo ovqat pişiradi. Sönggi olti oy içida u pasta va risotto tayyorlab, italyança taomlarga qiziqib qolgan. Işda bölgani kabi, u hamma narsani çin yurakdan qiladi, şuning uçun uning ovqatlari juda mazali bölib çiqadi.

Hayotga bölgan bunday munosabat öz-özidan ajoyib «layfxak»dir. Ammo Abdulaziz Mansurov muvaffaqiyatning boşqa reseptlari bilan ham bölişişi mumkin. «Ön yoki yigirma yilga emas, balki beş yilga maqsadlar qöying — uluğvor, ammo aniq va erişiş mumkin bölganlarini, — deydi u. – Tijorat direksiyasiga ilk bor kelganimda, mendan keyingi beş yildagi maqsadlarim qanday, deb söraşgan edi. «Boşliq böliş!» dedim. Va tört yildan söng men buni ustidan çiqdim. Keng miqyosda orzu qiling, bor kuçingiz bilan işlang! Bu mening eng yaxşi maslahatim, çunki mening özim ham şunday qilaman».