Avstriya Rossiya neftidan töliq voz keçdi, deb xabar berdi Kurier gazetasi OMV Group vakiliga tayanib.
"Rossiyadan neft sotib oliş hajmi doim juda oz bölgan, uruş boşlanganidan söng boşqa bozordan neft sotib ola boşladik", - deya Avstriya kompaniyasi vakilining sözlaridan iqtibos keltirgan gazeta.
Avstriya statistika boşqarmasi va neft sanoati assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, 2021 yilda neft importining 7,8 foizi yoki 596 ming tonnasi Rossiya uluşiga töğri kelgan.
Avstriya neftning asosiy qismini Qozoğistondan oladi – barça importning 38,9 foizi. Keyingi örinlarda Liviya (22,1 foiz) va Iroq (20,7 foiz) turadi.












