Özbekiston sönggi yillarda Rossiya Federatsiyasidan katta miqdorda kredit resurslarini jalb qilgan. Şundan kelib çiqib, sanksiyaga tuşgan Rossiya banklari (Gazprombank, VTB, VEB va boşqalar) tomonidan iqtisodiy loyihalar moliyalaştirilganda bu Özbekistonga ta’sir qilmaydimi? Özbekistonning sanksiyalar tufayli bu mablağlardan mahrum böliş xavfi bormi?
Mazkur savolga javoban Markaziy bankning ma’lum qilişiça, tijorat banklarining xorijiy banklar oldidagi jami majburiyatlari tarkibida qattiq sanksiyalarga tuşgan banklardan jalb qilingan moliyaviy resurslarning uluşi yuqori emas.
“Ta’kidlaş joizki, mahalliy banklar tomonidan qat’iy sanksiyaga tuşgan banklardan jalb qilingan majburiyatlarini öz vaqtida va ikkilamçi sanksiyalar xavfini yaratmasdan qaytariş böyiça xalqaro yuridik konsalting kompaniyalari jalb qilingan.
Har bir tranzaksiyani yuridik kompaniyalar xulosasi asosida amalga oşiriş çoralari körildi. Bu, öz navbatida, kelgusida yirik iqtisodiy loyihalarni uzluksiz moliyalaştiriş maqsadida xalqaro moliya bozorlaridan muammosiz resurslar jalb etiş imkoniyatini yaratmoqda”, – deyiladi regulyator javobida.












